Breaking News

So'rov: Amerikaliklar Suriyaga qarshi hujumni yoqlamaydi


AQSh harbiy rahbarlari Kongressni Suriyaga qarshi urush ochishga da'vat etmoqda
AQSh harbiy rahbarlari Kongressni Suriyaga qarshi urush ochishga da'vat etmoqda
Butun dunyo AQShning Suriyaga qarshi harbiy hujumi qachon boshlanadi, deya yurakni hovuchlab vaziyatni kuzatmoqda. Prezident Barak Obama va yetakchi qonunchilar Damashqqa zarba berishga chaqirmoqda, biroq jamoatchilik yangi urush rejasini yoqlamayapti. Amerikaliklar nazarida muammoni harbiy yo’l bilan hal qilib bo’lmaydi.

Prezident Barak Obama va uning vakillari so’nggi kunlarda Kongressning yetakchi a’zolari bilan uchrashib, ularni Suriyaga qarshi zarba berishga ishontirishga urindi.

Biroq oddiy xalqni ishontirish oson bo’lmayapti. Amerikaliklar urushdan to’ygan.

"Urush ketidan urush. Biri tugasa, ikkinchisi boshlanadi", - deydi bir odam.

"Iroqda strategik zarba bermoqchi bo’ldik, ammo 10 yilga qolib ketdik. Bu urush bizni kasodga uchratdi. Nega yana shu xatoni takrorlayapmiz", - deya so’raydi boshqasi.

Xalq kayfiyatini so’nggi ommaviy so’rov natijalaridan ham bilsa bo’ladi. Ularga ko’ra, amerikaliklarning 59 foizi Suriyani nishonga olish rejasiga qarshi. So’ralganlarning atigi 29 foizi buni zarurat deb hisoblaydi.

Biroq AQSh bu ishni yolg’iz emas, Britaniya yoki Fransiya kabi ittifoqchi davlatlar bilan amalga oshirsachi? Shunday savol berilganida so’ralganlarning 46 foizi havo hujumi rejasini yoqlagan, biroq shunda ham amerikaliklarning yarmidan ko’pi urushga qarshi chiqdi.

So’rovni boshqargan mutaxassis Jon Zogbining aytishicha, amerikaliklar natijani oldindan bilmasa, urushni qo’llab-quvvatlamaydi.

Ammo ayrimlar nazarida Suriyaga qarshi chora ko’rish AQShning ma’naviy burchi.

"Aqldan ozgan bu odamga o’z xalqini qirishga yo’l qo’ymaslik kerak", - deydi yana bir odam Suriya prezidenti Bashar Assadni nazarda tutib.

Boshqalar Suriya taqdiriga befarq emasmiz, ammo harbiy amaliyotdan foyda bo’lmaydi, deydi.

Bir ayol fikricha esa bu bilan kelajakda hujumlarning oldini olib bo’lmaydi.

Boshqa bir odam esa bir mahluq rahbar o’rniga undan battari kelishidan xavotirda.

Aksariyat amerikaliklar Kongressdagi vakillaridan Suriyadan ko’ra ichki muammolar bilan ko’proq shug’ullanishni so’ramoqda. Masalan, iqtisodiyot va tibbiyot bilan. Har qalay bu sohalarni tartibga solishga oz bo’lsa-da, imkoniyat bor, deydi ular.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG