Breaking News

Tramp: Suriya, Assad haqida fikrim o'zgardi


Xalqaro hayot - 6-aprel, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00

Xalqaro hayot - 6-aprel, 2017-yil

Oq uy Suriyadagi harbiy amaliyotlarga zo'r berishi mumkin. Mamlakat shimolida ehtimoliy kimyoviy hujum o'nlab odamlarni o'ldirgani haqidagi xabarlar ketidan AQSh siyosatida o'zgarish kutilayapti.

Suriyada hujum ketidan o'lim yoqasida yotgan murg'ak bolalar. Bu tasvirlar jahonni larzaga soldi.

Prezident Donald Tramp voqeani qoralayapti.

"Kecha bolalarga qilingan hujumdan dahshatdaman, - deydi Tramp. - Qo'rqinchli hodisa".

Prezident Suriyaga nisbatan yondashuvi o'zgarganini, xususan, Assad rahbariyati haqida fikri o'zgarganini aytmoqda.

Tramp shu paytgacha Suriyadagi olti yillik urushga, Bashar al-Assadni hokimiyatdan olishga qaratilgan tortishuvga aralashishdan bosh tortib keldi.

O'tgan hafta Tramp ma'muriyati Assadning ketishi Amerika uchun ustuvor masala emas, degan edi.

Chorshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisida AQSh yondashuvida yuz bergan o'zgarishni sezish mumkin edi.

BMTdagi elchi Nikki Xeyli Qo'shma Shtatlar o'zi chora ko'rishi ehtimoliga ishora qilmoqda.

"BMT bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmas ekan, ba'zida davlatlar alohida javob qaytarishga majbur bo'ladi", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG