Breaking News

Jenevada Suriyaga doir muzokaralar


Jisr al-Shugor, Suriya. 26-aprel, 2015-yil.
Jisr al-Shugor, Suriya. 26-aprel, 2015-yil.

Suriyadagi urushga barham berishga qaratilgan yana bir xalqaro tashabbus bugun Jenevada ish boshlashi kerak. BMT elchisi Staffan de Mistura bir necha hafta davomida Suriyada urushayotgan taraflar bilan muloqot olib boradi.

Bu - rasmiy tinchlik muzokaralari emas, deydi mutasaddilar. BMT tinchlik jarayonini boshlash uchun sharoit va xohish bormi - shuni aniqlamoqchi.

De Mistura har bir tomon bilan, xususan, hukumat va muxolifat bilan alohida ko'rishadi. "Islomiy davlat" davlat to'dasi va al-Qoidaga aloqador Jabat al-Nusra muloqotga taklif qilinmagan.

BMT bir yil oldin otishmani bas qilib, mamlakatda siyosiy murosaga erishish uchun ikki bor muloqot boshlagan edi.

Lekin bundan samara bo'lgani yo'q va "Islomiy davlat" guruhining sharofati bilan Suriyadagi vaziyat tobora dahshatli tus olayapti.

BMT hisobicha, to'rt million odam Suriyani tark etgan. O'tgan yilning boshidan beri bir yarim million fuqaro vatanini tashlab qochgan. Qo'shni Turkiya, Livan, Iordaniya, Iroq va Misr qochqinlar oqimini eplashga qiynalmoqda.

Prezident Bashar al-Assadga qarshi tinch namoyishlar ko'rinishida boshlanib, qonli ixtilofga aylangan ziddiyat 220 mingdan ziyod odamning boshini yedi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG