BMTning Inson huquqlari bo’yicha oliy komissari Suriyada gumanitar va huquqiy halokat haqida ogohlantirayapti. Jahon hamjamiyati bu yurt ahlini himoya qilishda sustkashlik qildi, dedi Navi Pillay.
Bu orada Yevropa Ittifoqi, Amerika, Rossiya va Fransiya diplomatlari hamda Suriya muxolifati alohida majlis qilib, ikki yildan beri davom etayotgan urushni tugatish yo’llarini muhokama qilyapti.
27 davlat a’zo Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Bryusselda uchrashib, Suriyaga qo’yilgan qurol embargosi borasida gaplashmoqda. Cheklov muddati juma kuni nihoyasiga yetadi. Britaniya va Fransiya Suriyadagi isyonchilarga qurol jo’natish tarafdori. Ammo ittifoqda masala borasida fikrlar tarqoq.
Britaniya Tashqi ishlar vaziri Vilyam Xeyg fikricha, qurol embargosiga o’zgartirish kiritilsa, prezident Bashar al-Assad hushyor tortadi va muxolifat bilan muzokaraga jiddiy yondashadi. Harbiy madad siyosiy yechimning muhim tarkibiy qismidir, deydi Britaniya rasmiysi.
Suriya muxolif koalitsiyasi bugun Istanbulda majlis qilayapti. Shuningdek, kun davomida Parijda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius muzokara o’tkazib, Suriya tinchlik konferensiyasi borasida gaplashadi.
Anjuman kelasi oy Jenevada o’tishi, unda Suriya hukumati hamda muxolifati qatnashishi kutilmoqda.
Suriyada esa isyonchilar nazorati ostidagi Qusayr shahri va poytaxt Damashqda bugun qonli olishuvlar davom etgan. Prezident Assad kuchlari yana kimyoviy qurolni qo’llagani haqida xabarlar tarqagan.
BMT Inson huquqlari oliy komissari Navi Pillay urushdan qaqshagan mamlakatda huquq ayovsiz poymol qilinayotganini eslatadi. Gumanitar, siyosiy va ijtimoiy halokat bilan yuzlashayapmiz, xalqaro hamjamiyat urush jabrdiydalarini himoya qilishni eplay olmadi, dedi u BMT Inson huquqlari kengashida so'zlar ekan.
2011-yilning martida tinch namoyishlar bilan boshlagan mojaro qonli qo’zg’olonga aylanib, bugungacha 80 mingdan oshiq odamning hayotiga zomin bo’lgan.