Suriya hukumati muxolif kuchlardan boy berilgan hududlarni qaytarib olganini ma’lum qilmoqda. Shunga qaramay Damashq kelasi oy bo’ladigan tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi mumkinligiga ishora qilmoqda.
Ayrim kuzatuvchilar nazarida Suriya armiyasi isyonchilar qo’lidagi Qusayr shahrini qaytarishga urinar ekan, uning g’alabasi bo’lajak muzokaralarda Bashar Assad hukumati pozitsiyasini kuchaytirishi aniq.
Ammondagi “Al Quds” tahlil markazi rahbari Orayb al-Rantaviyning aytishicha, muzokaralar allaqachon boshlandi desa mubolag’a bo’lmaydi.
"Hozirda qurol yordamida muzokara kechmoqda", - deydi u.
Isyonchilar strategik hisoblangan shaharni tez qo’ldan chiqarayotgani “Assad rejimining kuni bitmoqda” degan gaplarning asossiz ekanini ko’rsatmoqda.
Isyonchilar saflarini to’ldirishga harakat qilmoqda. Suriya birlashgan muxolifati rahbari Jorj Sabra mamlakatning boshqa hududlarida Assad kuchlariga qarshi kurashayotgan isyonchilarni Qusayr mudofaasiga da’vat etgan.
Al-Rantaviyning aytishicha, muzokaralardan oldin muxolifat pozitsiyasi zaiflashmoqda.
"Suriya hukumati va uning ittifoqchilari jarayon oson kechmasligiga, agar raqib tomonlar mojaroni harbiy yo’l bilan hal qilish rejasidan qaytmasa, ko’p qon to’kilishiga va oqibatda g’alaba kim tomonda bo’lishi aniq emasligiga ishora qilmoqda", - deydi tahlilchi.
Bugun Ammonda muxolifatni qo’llab-quvvatlayotgan “Suriya do’stlari” guruhiga a’zo 11 davlat diplomatlari uchrashmoqda. Ular orasida AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham bor. Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg muzokara kunini tezroq belgilashga, mojaroga siyosiy yechim topishga chaqirmoqda.
Suriya muxolifatining bir qismi Assad hokimiyatdan ketmasa, anjumanda qatnashmaymiz, demoqda.
Ammondagi “Alumma” tahlil markazi rahbari Salim al-Falahatning aytishicha, muxolifat ittifoqchilari, jumladan, Qo’shma Shtatlardan, harbiy yordam kutmoqda.
"Ular nazarida jahon hamjamiyati Assadga qarshi turmoqchi emas; anjuman quruq rasmiyatchilik, xolos", - deydi al-Falahat.
Al-Rantaviyning aytishicha esa, Suriya aholisi siyosiy o’yinlardan charchagan, ular tinchlikni istaydi.
"To’rt million suriyalik boshpanasiz qolgan. Suriya xalqining eng asosiy muammosi shu", - deydi u.
Tinchlik anjumani mojaroda raqib tomonlarni qo’llab-quvvatlayotgan AQSh va Rossiya tashabbusi bilan uyushtirilmoqda. Rossiya unga Assadning ittifoqchisi Eronni ham taklif qilmoqchi, biroq Qo’shma Shtatlar bunga qarshi.