Breaking News

BMT Bosh Assambleyasi Suriyadagi urushni qoralab chiqdi


Idlib, Suriya
Idlib, Suriya
BMT Bosh Assambleyasi Suriyadagi urushni tanqid qiluvchi va hukumatni xalqaro tergovchilarni mamlakatga kiritishga undovchi hujjatni ma'qulladi.

Qatar tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiya majburiy kuchga ega emas va Suriyadagi siyosiy muzokaralarda muxolifatni zarur ishtirokchi deya ta’riflaydi.

Xalqaro hamjamiyat oppozitsiyani tan olgani bu guruh Suriya xalqining qonuniy namoyandasi ekanidan dalolat beradi, deyiladi unda.

Bundan tashqari, BMT mamlakatda kimyoviy qurol qo’llanayotgani haqidagi da’volarni tergov qilish uchun imkon berilsin, demoqda.

Xalqaro tashkilot delegatsiyasi Suriyaga otlanishga shay, ammo Bashar al-Assad ma’muriyati ularni kiritmoqchi emas.

Rossiya rezolyutsiyaga qarshi va diplomatlarning aytishicha, bu tashabbus o’tgan yilning avgustida Bosh Assambleyada ma’qullangan hujjatdan kamroq qo’llab-quvvatlov oladi.

Bu orada, jahon hamjamiyati Suriyada tinchlik yuzasidan xalqaro konferensiya o’tkazishni rejalayapti. Iyun boshiga mo’ljallangan anjumanda hukumat va muxolifat qatnashishi kutilmoqda.

Suriya rahbariyati unda ishtirok etishdan oldin ko’proq ma’lumot so’rab turgan bir paytda, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri nazarida yig’inning hukumat tomonidan boykot qilinishi muxolifatga qo’l kelishi, uning tarafdorlari sonini oshirishi aniq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG