Breaking News

BMT rahbari suriyaliklar uchun gumanitar yordam so'ramoqda


BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Quvaytda Suriyadagi ahvolga doir anjumandan oldin, 30-yanvar, 2013-yil
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Quvaytda Suriyadagi ahvolga doir anjumandan oldin, 30-yanvar, 2013-yil
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Quvaytda Suriyaga doir xalqaro anjumanda nutq so’zlab, jang qilayotgan tomonlarni murosaga chaqirdi va donor davlatlardan mojarodan tinkasi qurigan oddiy suriyaliklarga gumanitar yordamni oshirishni so’radi.

BMTning gumanitar masalalar bilan shug’ullanuvchi boshqarmasi Suriyani tashlab chiqqan qochqinlar va mamlakatda qolgan fuqarolarga yordam uchun 1,5 milliard dollar zarur, demoqda.

Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari 300 million dollardan, Qo’shma Shtatlar qo’shimcha 155 million dollar va’da qildi. AQSh yordami dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat, ko’rpa-to’shak, poyabzal va gaz plitalaridan iborat bo’ladi.

"Bu pulga bir million suriyalik bola emlanadi. Odamlarda toza suv va yegulik bo’ladi. Gumanitar yordamning muhtojlarga yetib borishini ta’minlaymiz", - dedi Obama.

BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy Xavfsizlik Kengashini dadil chora ko’rishga va mojaroga barham berishga chaqirdi. Aks holda Suriya davlati qulaydi, dedi u.

"Suriya bitsa, butun mintaqa qaltis ahvolga tushib, buning dunyoga ham ta’siri bo’ladi. Xavfsizlik Kengashi a’zolarining Suriya bo’yicha fikri bir joydan chiqmasa-da, muammoni hal etish yo’lini topishlari zarur", - dedi Braximiy.

Yevropa Ittifoqining gumanitar masalalar bo’yicha komissari Kristalina Georgiyevaning aytishicha, ittifoq suriyaliklar ehtiyoji uchun 270 million to’plab beradi. Shuningdek, 77 islomiy xayriya tashkilotlarini o’z ichiga olgan guruh 182 million dollar ajratishini ma’lum qildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG