Breaking News

Suriyadagi urush bolalarni majruh qilmoqda


Xalqaro tashkilot Suriyadagi mojaroning bolalar hayotiga ta’siridan xavotirda. Ular o’qqa tutilib, ko’plari yaqinlari o’limiga guvoh bo’lmoqda.

"Bolalarni asrang" nomli tashkilotning bildirishicha, dahshatli voqealar shohidiga aylangan bu bolalar o'ziga kelishi uchun alohida yondashuv lozim.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling


Guruh Birlashgan Millatlar Tashkilotini bolalar haqqini poymol etish hollarini puxtaroq qayd etishga chaqiradi.

BMT va Arab Ligasining Suriya masalasi bo’yicha elchisi Laxdar Braximiy mintaqaga safari yuzasidan kecha BMT Xavfsizlik Kengashiga hisobot berdi.

Braximiy shu oy prezident Bashar al-Assad va oppozitsiya bilan ko’rishib qaytgan edi.

Uning aytishicha, mamlakatda ahvol og’ir va kun-sayin yanada qiyinlashib borayapti. Suriyadagi tanglik faqat region emas, butun dunyo xavfsizligiga tahdid soladi, deydi u.

Mojaroni yengillatish bobida taxminiy rejalar bor, biroq ularga aniqlik kiritish lozim bo’ladi, deydi Braximiy.

Uningcha, prezident Assad vaziyatga yordam berish yo’lida biror islohot o’tkazishi gumon. Lekin muxolifat avvalgidan pishiqroq, mushtarakroq hozir va bu yurt taraqqiyoti uchun muhim, deb hisoblaydi elchi.

Londonda asoslangan huquq tashkiloti hisobicha, kecha Suriyadagi olishuvlarda 140 dan ziyod odam o’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG