Breaking News

Illinoys shtati suriyalik qochoqlarni qabul qilishga tayyor


Amerika qancha qochqinni qabul qiladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:08 0:00

Amerika qancha qochqinni qabul qiladi?

Suriyadagi fuqarolar urushi oqibatida minglab qochoqlar Yevropa chegaralarini kesib o'tar ekan, yiliga 70 ming qochqinni qabul qilayotgan Qo'shma Shtatlar 2017-yilgacha bu raqamni 100 mingga ko'tarishini ma'lum qildi. Urush boshlangandan beri AQSh 1500 suriyalikni qabul qilgan. Kelasi yillarda ularning soni ortishi kutilmoqda. Yordam tashkilotlari ham shunga mos ravishda tayyorgarlikni oshirmoqda.

Illinoysdagi suriyalik qochoqlar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00

Asmat Xalil Dadoning Xalabdagi hayoti yaxshi edi. Uning avtobus haydovchisi sifatida topgani olti kishilik oilasiga bemalol yetardi.

Ammo to'rt yil avval urush boshlandi-yu, hammasi barbod bo'ldi.

"Samolyotlar, vertolyotlar har kuni bomba tashladi. Boshimizga kulfat qachon yog'ilishini bilmasdik", - deydi u.

Shundan so'ng Dadolar oilasi boshqa millionlab suriyaliklar kabi bor-budlarini tashlab mamlakatni tark etishga majbur bo'ldi.

"Boshqa choramiz yo'q edi. Bu qarorga kelish oson bo'lmadi. Chunki ketganimizdan keyin qaytib kela olmasligimizni bilardik", - deydi Asmat.

AQSh uning oilasi va suriyalik yana 16 oilaga boshpana berdi. Ular Illinoys shtatiga borib joylashdi.

"Chikago ko'plab qochoqlarning vatani. Bir yilda ikki ming muhojirni qabul qiladi", - deydi qochqinlar bilan ishlovchi Syuzen Akras.

Faol suriyalik muhojirlarning Amerikada moslashishiga ko'mak beruvchi "Suriyaliklar jamoasi tarmog'i" nomli tashkilot rahbari.

"Bu yerga juda ko'p muhojirlar keladi, ular yordamga muhtoj. Yolg'izlik qochoqlarga og'ir keladi", - deydi u.

Akrasning aytishicha, kelasi yil keladigan 2000 qochqinning aksariyati suriyalik bo'ladi.

"Biz amerikaliklarning bag'ri keng, suriyaliklarning bu yerga kelib joylashishida yordam berishni xohlaymiz", - deydi Syuzen.

Ammo u bilan hamfikr bo'lmaganlar ham bor.

"Odamlarni ogohlantirib qo'yyapman. Agar men saylansam, bu yerga kelayotgan suriyaliklarni ortiga qaytaraman", - deydi respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Tramp.

Qochqinlar mavzusi saylov kampaniyasidan ham joy oldi. Dadolar oilasining boradigan joyi yo'q, ular bir necha yillik sargardonlikdan toliqqan.

"Odamlarga urushdan o'ziga kelishi uchun vaqt kerak. Ularga tinchlik kerak. Oilalariga qarashlari, normal hayot kechirib, o'z ishlari bilan shug'ullanishlari, maktabga borishlari va ish topishlari kerak", - deydi Asmat.

Asmat Dado va uning oilasi asta-sekin Chikagoda yangi hayotga ko'nikib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG