Breaking News

Chikagoning tarixiy maskanlarida


Chikagoni sanoat shahriga aylantirgan maskanlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:20 0:00

Chikagoni sanoat shahriga aylantirgan maskanlar

Prezident Barak Obama AQSh tarixiy obidalarini muhofaza qilish va asrash ustida ishlamoqda. Kelajak avlodlar mamlakat bosib o’tgan yo’lni tushunishida bu katta ahamiyatga ega. Yaqinda Gavayidagi Yapon-Amerika konslageri va Kolorado shtatida Arkanzas daryosi bo’yidagi 8500 gektarga teng Braun kanyoniga “tarixiy obida” maqomi berildi. Bu Chikagodagi Pullman tarixiy dahasini saqlab qolishga ham yordam beradi.

Qirolicha Viktoriya davrida qurilgan qizil g’ishtli katta binoda dastgohlar va ischilar ko’p bo’lgan.

19-asr oxiri, 20-asr boshlarida bu yerda Pullman kompaniyasining qarorgohi joylashgan. Bir vaqtlar shirkat lyuks vagonlar ishlab chiqarardi.

Pullman tarixiy jamg’armasi prezidenti Maykl Shumanskiy Chikago shahri buning uchun juda qulay bo’lganini aytadi.

Chikago Amerika temiryo’l tizimini bog’lab turadigan shahar bo’lgan.

“1860-yilga borib Chikago mamlakat temir yo’llarining yuragiga aylandi,” - deydi Shumanski.

Sanoatchi Jorj Pullman butun shahar qurilishiga bosh-qosh bo’ldi.

"U bu yerda juda tartibli, samarali va go’zal shahar yaratishni istagan”.

Pullman kompaniyasi shaharni ishchilar va boshqalar uchun qurdirgan.

20-asr boshida bu ko’chalar Pullman ishchilari bilan to’la edi. Ular orasida afro-amerikaliklar ko’p edi. Ular asosan yuk tashuvchi, vagonlarda ishlaydigan xizmatkor vazifasini bajarardi.

O'sha odamlar orasida Prezident Barak Obama rafiqasining bobosi ham bo’lgan.

“O’sha yuk tashuvchilardan birining chevarasi mamlakatimizdagi eng zo’r universitetda o’qib, huquqshunos bo’ldi, Chikago meri idorasida ishladi va shahardagi eng muhim tashkilotlarda katta lavozimlarni egalladi. Men buni juda yaxshi bilaman, chunki u ayol - Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidentining rafiqasi Mishel Obama,” - deydi bu haqida Prezident Barak Obama.

Davlat rahbari rafiqasining ota-bobolari mamlakatdagi ilk Afrika-Amerika kasaba uyushmasiga asos solgan.

Uyushma rahbarlari 20-asrda qora tanli fuqarolar huquqlari uchun kurashgan. ​Bu esa Obamaning prezident bo’lishiga yo’l ochib berdi.

Bu mehnat, fuqarolar huquqlari, afrikalik-amerikaliklar tarixi. Menimcha, bu imoratning katta tarixiy ahamiyatga egaligi shubhasiz",- deydi ​AQSh Kongressi a’zosi Robin Kelli.

U prezidentning Pullman binosiga milliy tarixiy obida maqomini berish qarorini qo’llab-quvvatladi.

“Obama bir paytlar tashkilotchi sifatida mana shu yerda ishlagan. Dahani saqlab qolsa, uning prezidentlik merosi bo’lib qoladi,” - deydi u.

Vaqt o’tishi bilan va yong’in oqibatida vayronaga aylanay deb qolgan. Pullman dahasini tarixiy ahamiyatga ega obidalar sirasiga kiritishga qaror qilindi.

“Uylarning qariyb 90 foizi saqlanib qolgan, ammo zavodga kelsak, u ilgarigidek emas, binoning bor-yo’g’i 10 foizi bor", - tushuntiradi ​Shumanskiy.

U Pullman tarixiy dahasida yashaydi. Bu mahallaga Milliy obida maqomini berish restavratsiya ishlari uchun turtki bo’ladi, odamlarga esa Amerikani Amerika qilgan imoratni ziyorat qilish imkonini beradi, deydi u.

"Komil millat yaratish yo’lida bu joy katta rol o’ynagan,” - deydi Prezident Obama.

Shaharda tarixiy ahamiyatga ega joylar ko’p. Prezident Obama qarori bilan Pullman tarixiy dahasi Chikagodagi birinchi milliy obidaga aylandi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG