Tojikiston rasmiylarining aytishicha, mamlakatda panoh topgan afg’on oilalar xavfsizligi to’liq ta’minlangan. Aksariyati tijorat bilan shug’ullanmoqda. Lekin qochqinlardan ba’zilari huquqlari oyog’osti qilingani hamda sharoit yetarli emasligidan noliydi.
Ziyolilar orasida Afg’onistondan xalqaro koalisiya chiqqanidan so’ng vaziyat qanday bo’lishi haqida turlicha farazlar yuradi. Ba’zilar rus tahlilchilari fikrini qo’llab, NATO ketsa, toliblar hukumat tepasiga kelishi mumkin va buning Markaziy Osiyo davlatlariga salbiy ta’siri bo’ladi, deydi.
Boshqalar nazarida aksincha, masalan, Tojikiston uchun bu ijobiy bo’ladi. Abdujabbor Yo’ldoshev ana shunday ziyolilardan.
“Toliblarni dushman ko’rmasdan ularning katta kuch ekani, tarafdorlari ziyodaligini inobatga olish zarur”, - deydi u. Suhbatdosh, shunigdek, afg’on qochqinlari taqdirini tilga oladi.
“Tojikistonda mingan ortiq afg’on qochoqlari istiqomat qilishadi. So’g’d viloyatining o’zida besh yuzdan ortiq. Bu yerga kelgan qochqinlarning aksariyati sobiq sho’rolar davrida oliygohlarda ma’lumot olishgan. Nazarimda, aynan shu sabab ularga G’arb davlatlari siyosiy boshpana berishmayapti. Chunki o’tgan yillar orasida Tojikistondan Amerika yoki Yevropa davlatlariga chiqib ketgan afg’onlarning aksariyati ma’lumoti yo’q odamlar edi. Holbuki, Tojikistonda qolayotgan afg’onlarning aksariyati bu yerdan chiqib ketishni istashadi, chunki sharoit u tomonlarda biznikidan yaxshiroq”, - deydi u.
Tijorat bilan mashg’ul afg’onlar esa o’zlarining himoyasiz ekanliklarini da’vo qiladi. Qariyb 20 yildan beri yashab, biron orzulariga erishmagani, hanuz sarson qolayotganini ta’kidlovchi qochqinlar talay.
18 yildan buyon uysiz-joysiz yashab kelayotgan Oysha ismli muhandis ayol BMTning qochqinlar bilan ishlovchi oliy komissariatini keskin tanqid qiladi.
“Tashkilot bizni himoya qilish o’rniga biron chora ko’rmayapti, uning biror qonunida muhojir uzrli sabab bilan vatanni tark etib, uzoq yerda sarson ekan, 10-15 yil boshpanasiz yashasin deb aytilmagan, biz boshpanasizmiz”, - deydi u.
Ayol qochqin hujjati bilan bu yerda na uy sotib oladi, na biror bir siyosiy huquqlari bor.
“Bu yerda qochqinlarning holidan xabar oluvchining o’zi yo’q, holbuki, Tojikistonda bir qancha tashkilotlar qochqinlar ishiga ko’ra grantlar olib faoliyat ko’rsatmoqda. Olgan pullarini nimaga sarflashadi, biz bilmaymiz. Hech kim bu mamlakatda muhojirlar huquqini himoya qilmaydi”, - deydi Oysha.
Yosh qizini ko’chada pichoqlab ketishgan qochoq afg’on bevasining aytichicha, hech kim uning himoyasiga chiqmagan. Ular mumkin qadar tezroq Tojikistondan bosh olib ketishni istashadi.
“Farzandimga yetti bor pichoq urgan odam ozodlikda yuribdi”, - deydi zor yig’lab beva.
“Buning sababi nima? Bizning eshigimiz yo’q, bizga ochiq eshikning o’zi yo’q. Bu o’zingning g’aming deyishadi, bizga eshiklarni oshishsin. Qozog’istonga olib borishsin, O’zbekistonga eltishsin, u yerlarda vatandoshlarimiz har holda yaxshi yashashmoqda, bizchalik xo’r bo’lishmagan”, - deydi ayol.
Tojikistonda afg’on qochoqlari bo’yicha mas’ul tashkilotlar vakillari, huquqbonlar ushbu da’vo va shikoyatlarga sharh berishni lozim ko’rishmadi.

Qochqin hujjati bilan bu yerda na uy sotib olamiz, na biror bir siyosiy huquqlarimiz bor.