Breaking News

Tojikistondagi "Amerika burchaklari" haqida fotoreportaj


Qarib 10 yildirki, AQSh elchixonasi Tojikiston poytaxti Dushanbe, Xo’jand, Xorug’, Ko’lob va Qo’rg’ontepada “Amerika burchaklari”ni moliyaviy va texnik jihatdan qo’llab keladi.

Bu - jamoatchilik bilan, mamlakatdagi turli tashkilotlar bilan aloqa o’rnatish vositasi hamdir. Unda ingliz tilini mukammal biluvchi mahalliy yosh ziyolilar ishlaydi; til o’rgatish loyihalarini volontyorlar bajaradi.

“Amerika burchaklari”da aholi ingliz tilidagi kitoblar, gazeta-jurnallar, audio va video materiallardan foydalanadi; dunyodagi eng yangi texologiyalar haqida ma’lumot oladi. Bu yerdagi informatsiya markazlari AQSh Davlat departamenti tomonidan materiallar bilan ta’minlab turiladi.

Mazkur markazlar ilm o’lishda, ekologiya, gumanitar va soq’liqni saqlash tizimlarida volontyorlik harakatlarini shakllantirmoqda. Odamlar internetdan, qishloq joylarda muallimlar kompyuterdan bepul foydalanishi mumkin.

Tojikistondagi “Amerika buchaklari”da yoshlar jurnalistika, fotografiya, sog’liqni saqlash va maorif sohalari bo’yicha mamlakatda mehmon bo’lgan amerikalik mutaxassislardan tajriba o’rganishadi.

XS
SM
MD
LG