Tojikistonda bugun prezident saylovi o’tayapti. Unda uzoq yillik rahbar Emomali Rahmon yana yetti yilga saylanishi kutilmoqda.
Kuzatuvchilarning aytishicha, jarayon faqat nomiga o’tmoqda.
Muxolifatdan yagona real raqib, inson huquqlari faoli Oynihol Bobonazarova nomzodlik uchun lozim bo’lgan ovozlarni to’play olmagani aytilib, saylovga yo’latilmadi. U mamlakatdagi ahvolni shunday tasvirlaydi.
“Iqtisodiy vaziyat juda og’ir. Inson huquqlari poymol qilinayapti. Ayniqsa, so’z erkinligi, e’tiqod erkinligi yo’q hisob”, - deydi Bobonazarova.
Uning so’zlariga ko’ra, Tojikistondagi bu cheklovlar islomiy radikalizmni alanga oldirishi ehtimoldan xoli emas.
“Xalq saylov yo’li bilan o’zgarish qilishga ishongan edi, biz qonunlarga ishonamiz. Ammo bugun odamlar radikal kayfiyatdagi guruhlarga xayrixoh. Agar bizning o’rnimizni radikal oqimlar egallasa, hukumat aybni o’zidan izlasin”, - deydi muxolifat vakilasi.
Emomali Rahmon Tojikistonni 1992-yildan beri boshqaradi. Markaziy Osiyoning eng qashshoq mamlakatidan odamlar ish izlab qo’shni yurtlarga, xususan, Rossiya, Qozog’istonga bosh olib ketishga majbur bo’lgan.
Davlat iqtisodiyoti ishchi muhojirlar jo’natayotgan pulga qattiq suyanib qolgan. Mavzuga doir tahliliy lavhalar bilan saytimiz amerikaovozi.com da tanishishingiz mumkin.