Breaking News

Tojikistonning Xorug' shahrida qonli janglar, 12 zobit o'lgan


Pakistani officials say the massive earthquake that struck the remote district of Awaran in Baluchistan province was strong enough force to create a small island visible off the southern coast, Sept. 25, 2013.
Pakistani officials say the massive earthquake that struck the remote district of Awaran in Baluchistan province was strong enough force to create a small island visible off the southern coast, Sept. 25, 2013.
Tojikistonning Xorug' shahrida xavfsizlik kuchlari jangarlarga qarshi operatsiya olib bormoqda. Kuzatuvchilar nazarida 1997-yilda fuqarolik urushiga yakun yasalganidan beri respublika bunday qonli olishuvlarga guvoh bo'lmagan.

Xorug' - Tog'li-Badaxshon muxtoriyati poytaxti. Afg'oniston bilan chegaradosh hudud. Aholining asosiy qismi o'zini pomiriy deb biladi. 1990-yillarda bu yer islomiy kuchlar o'chog'i bo'lgan. Fuqarolik urushida 100 mingga yaqin odam halok bo'lgan.

Bugun hukumat mintaqada aloqa vositalari, xususan, telefon aloqani cheklab qo'ygan.

Guvohlarning xalqaro ommaviy axborot vositalariga aytishicha, harbiy vertolyotlar va boshqa og'ir qurollar safarbar etilgan.

Davlat xavfsizlik qo'mitasi matbuot kotibi Nozir Bo'riyev deydiki, bir necha soatdan beri davom etayotgan jangda 12 zobit o'lgan va 23 nafari jarohatlangan.

30 jangari yo'q qilindi, 40 nafari qo'lga olindi, jumladan, sakkiz afg'on, deydi rasmiy. Uning qayd etishicha, oddiy fuqarolar orasida o'lganlar yo'q.

2010-yilda islomiy qo'mondon Mulla Abdullaga sodiq jangarilar harbiylarga hujum qilib, 25 askarni o'ldirganida ham qattiq janglar kuzatilgan edi.

Bugungi operatsiyaga turtki bergan voqea - Tog'li-Badaxshon viloyati Milliy Xavfsizlik Qo'mitasi raisi general Abdullo Nazarov o'ldirib ketilgani.

Tojikiston hukumati qotillikda Tolib Ayombekov, sobiq jangari va hozirda Ishkashim chegara xizmati qo'mondonini ayblagan.

Ayombekov, deydi rasmiylar, o'z qoradori va tamaki biznesini himoya qilish uchun Nazarovni o'ldirish uchun odam yollagan.

Ayombekov esa buni tuhmat deb atab, general Nazarov ichkilikdan chiqqan to'polonda o'lgan, deydi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi va Milliy Xavfsizlik Qo'mitasi bergan qo'shma bayonotda aytilishicha, Ayombekov yillardan beri qoradori va tamaki savdosidan tushgan daromadi evaziga o'z noqonuniy qurolli guruhini boshqarib keladi va bir necha vahshiy qotilliklar ortida turibdi.

Hukumatning bayonotiga ko'ra, rasmiylar Ayombekov bilan uch kundan beri murosa qilishga urinmoqda. Qurolni tashlab, Nazarovning qotilini oshkor eting, deya talab qo'yilgan. Ayombekov va uning odamlari rad javobi bergan.

Bugungi jangda Ayombekov o'ldirilgan bo'lishi mumkin, ammo ayrim manbalarga ko'ra, u Afg'onistonga qochgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG