Qirg'iziston va Tojikiston Botken viloyatidagi "Bujum" harbiy o'quv markazida 17-20 iyun kunlari birgalikda mashqlar olib borgan.
Maqsad, deya bildiradi Qirg'iziston Mudofaa vazirligi, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash bobida chiniqib, turli tahdidlarga, xususan, terror xurujlariga javob berishga tayyor turish.
Ikki davlat kuchlari jangari guruhlar iziga tushish va ularga zarba berish bo'yicha o'zlarini sinab ko'rgan.
Kelayotgan oylar ichida Tojikistonda mana shunday mashg'ulotlar o'tishi kutilmoqda.
Unda Qirg'iziston va Tojikiston harbiylariga Qozog'iston zobitlari ham qo'shiladi.
"Bujum" bazasi Qirg'iziston janubida joylashgan.