Breaking News

Tojikistonda jangarilar, Qirg'izistonda esa militsionerlar o'lgan


Tojikistonda jangarilar, Qirg'izistonda esa militsionerlar o'lgan
Tojikistonda jangarilar, Qirg'izistonda esa militsionerlar o'lgan

Tojikistonda harbiylar o'limiga aloqador jangarilar yo'q qilingan. Qirg'izistonda militsionerlar hujumga uchrab, 4 nafari o'lgan.

Tojikistonda xavfsizlik kuchlari al-Qoidaga aloqadorlik gumoni bilan 8 kishini o'ldirgan.

Operatsiya Rasht vodiysida amalga oshirilgan. O'lganlar orasida sentabr oyida hududda askarlarni o'qqa tutgan jangarilar va ularning yetakchisi Oloviddin Davlatovning borligi aytilmoqda. O'shanda afg'on chegarasi yaqinida 25 askar nobud bo'lgan edi.

Qirg'izistonda esa poytaxt Bishkekda militsionerlar jangarilar hujjatlarini tekshirayotib, hujumga uchragan.

3 posbon o'lgan. Ularning ketiga tushgan maxsus kuchlar bir qishloqda operatsiya o'tkazayotib, ular bilan to'qnashgan. Bir xavfsizlik agenti va 2 jangari o'lgan.

Rossiya janubidagi Dog'iston Respublikasida esa xavfsizlik kuchlari jangarilar bilan to'qnashib, 4 nafarini yo'q qilgan.

Uch militsioner yaralangan. Voqea Xasavyurt shahrida ro'y bergan. Xavfsizlik kuchlari jangarilar yashiringan binoni qurshab olib, ular qochishga harakat qilayotgan payt o't ochgan. Dushanba kuni respublika poytaxti Maxachkalada ham otishmada ikki jangari o'ldirilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG