Breaking News

Qunduzda O'zbekiston Islomiy Harakati a'zolari ushlangan


Qo'lga tushgan odam, deya bildiradi NATO, portlovchi moddalar bilan shug'ullangan. Harakat Afg'oniston shimolida ancha faollashgan.
Qo'lga tushgan odam, deya bildiradi NATO, portlovchi moddalar bilan shug'ullangan. Harakat Afg'oniston shimolida ancha faollashgan.

NATOning bildirishicha, bugun xalqaro koalitsiya va afg’on kuchlari Qunduz viloyatida O’zbekiston Islomiy Harakatining yetakchi a’zosi, portlovchi moddalar tayyorlash bo’yicha bosh mutaxassisi va uning hamkorini qo’lga olgan.

Harakat Afg'oniston shimoli va sharqida ancha faollashgani aytiladi. Lekin ko'plab tahlilchilar nazarida bu tashkilot tarqoqlashgan va hozirda mayda guruhlarga bo'linib ketgan.

Qunduz
Qunduz

Afg’onistonning Panjshir viloyatida esa jangarilar NATOning ikki askarini otib o’ldirgan. Yana bir harbiy qattiq yaralangan.

Tolibon militsiya kiyimida xuruj qilgan, deydi Panjshir ichki ishlar boshqarmasi rahbari general Qosim Jangalbog’. NATO zobitlari ham bu jangarini o’ldirgan, deydi u.

Bu singari holat may oyi oxirida ham kuzatilgan va o’shanda Avstraliya harbiysi nobud bo’lgan edi.

Afg’oniston sharqidagi hujumlarda NATO xizmatchisi va bir mahalliy xodim halok bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG