Breaking News

AQSh yangi mudofaa vaziri al-Qoida mag'lubiyatiga oz qoldi, deydi


AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta (chapda) AQSh generallari Jon Allen va Deyvid Petreus bilan Kobulda uchrashmoqda, 9-iyul, 2011-yil
AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta (chapda) AQSh generallari Jon Allen va Deyvid Petreus bilan Kobulda uchrashmoqda, 9-iyul, 2011-yil

AQSh Mudofaa vazirligining yangi rahbari Leon Panetta Afg'onistonga safar qilar ekan, al-Qoida Osama bin Laden o'limidan so'ng parchalanmoqda, deydi.

Pokistonning Abbotobod shahrida bin Ladenga qarshi operatsiya paytida al-Qoida faoliyatiga doir ma'lumotlar musodara qilingan edi. Ularga tayangan holda, deydi Panetta, Qo'shma Shtatlar Pokiston, Yaman, Somali va Shimoliy Afrikada 20 ga yaqin terrorchilar yetakchilari iziga tushgan.

Bin Laden o'rniga al-Qoidaga rahbar etib tayinlangan Ayman al-Zavohiriy, Amerika mudofaa vaziri nazarida Pokistonning qabilaviy hududlarida yashiringan.

Bugun Afg'oniston janubidagi Qandahor shahrida bomba portlab, uch politsiyachi o'lgan. Olti kishi, jumladan uch posbon jarohat olgan. Bugun, shuningdek, jangarilar hujumi va bomba xurujida NATOning uch harbiysi halok bo'lgan.

Mamlakat g'arbida esa minalardan tozalash ishlari bilan shug'ullanuvchi olti kishining jasadi topilgan. O'tgan hafta Faroh viloyatida o'ndan ziyodi o'g'irlangan edi. Qolganlarining taqdiri hozircha noma'lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG