Breaking News

Kobul Bank mashmashasi davom etmoqda


Kobul Bank mashmashasi davom etmoqda
Kobul Bank mashmashasi davom etmoqda

Afg'oniston Bosh prokurori muovini Rahmatulla Nazariyning ta'kidlashicha, Markaziy Bank raisi vazifasidan bo'shab hozirda mamlakatdan qochgan Abdul Qodir Fitrat korrupsiyada ayblanib sudga tortiladi.

Fitrat AQShda va hayoti xavf ostida ekanini aytmoqda. Afg'on hukumati esa uning qo'lga olinishini buyurib, bu borada Interpol (xalqaro politsiya) dan yordam so'ragan. Bosh prokuratura AQShdan Fitratni vatanga qaytarishni so'ramoqda.

Gap bu yerda Kobul Banki bilan bog'liq tergov haqida ketmoqda. Afg'on armiyasi, politsiya va o'qituvchilarning maoshlari mana shu bankdan keladi.

Nazariy deydiki, Fitrat hukumat ogohlantirishiga qaramasdan, Afg'onistondagi eng yirik xususiy moliya markazidagi qora ishlarga ko'z yumgan. Buning oqibatida bank 900 million dollardan oshiq kapital yo'qotgan va barbod bo'lishiga sal qolgan.

Abdul Qodir Fitrat 'Amerika Ovozi" savollariga javob berar ekan, "aybim yo'q" deydi
Abdul Qodir Fitrat 'Amerika Ovozi" savollariga javob berar ekan, "aybim yo'q" deydi

Muassasa boshqaruvi poraxo'rlik, tanish-bilishchilik va noqonuniy yo'llar bilan kredit ajratishni odat qilgan, deydi Nazariy.

Prezident Hamid Karzay va vitse-prezident Muhammad Qosim Fahimning oila a'zolari Kobul Bank aksionerlari ekani ma'lum.

Afg'oniston Markaziy Banki
Afg'oniston Markaziy Banki

Abdul Qodir Fitrat kecha "Amerika Ovozi" ga bergan intervyusida o'zini aybsiz deb atagan va Markaziy Bank raisi sifatida o'z ishini sidqidildan ado etganini, yaxshi boshqarilmagan banklarni yopganini aytgan.

Fitratning da'vo qilishicha, hukumat bu "asossiz tergov ishi bilan o'z qora ishlarini yopdi-yopdi qilmoqchi". Kobul Bankdagi pullardan foyda olgan, uni yegan odamlar ko'p, deydi Fitrat. U biror shaxsning ism-sharifini aytmaydi, ammo "eng yuqori idorada" o'tirganlar deya ishora qildi.

Prezident Karzayning matbuot kotibi Vohid Umar so'zlariga ko'ra, Fitrat "qochoq rais", javobgarlikni bo'yniga olish o'rniga "hayotim xavf ostida" deb bahona qilib yurgan odam.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG