Breaking News

Britaniya Afg'onistonga yordamni oshirib, qo'shinni olib chiqadi


Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron Kobulda Afg'oniston rahbari Hamid Karzay bilan
Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron Kobulda Afg'oniston rahbari Hamid Karzay bilan

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron Afg'onistonga safar qilib, prezident Hamid Karzay bilan uchrashar ekan, NATO mamlakat sharqida to'rt askarini qo'ldan boy bergan.

Kameron Kobulda Karzay bilan yonma-yon turib, so'zlar ekan, Afg'onistonga yordamni oshiramiz deb va'da qildi. Kelasi oylar esa Britaniya o'z askarlarini olib chiqa boshlaydi.

O'tgan bir yil ichida 164 million dollarlik ko'mak bergan bo'lsa, kelayotgan 12 oyda Britaniya Afg'onistonga 287 million dollarga teng yordam ko'rsatadi.

Hozirda jang maydonida qirollikdan 9500 askar bor. Son jihatdan Amerikadan keyingi ikkinchi o'rinda.

"Askarlarni birdaniga emas, astalik bilan olib chiqamiz", - deydi Kameron.

2014 yilning oxirigacha barcha jangovar harakatlar nihoyasiga yetkaziladigan.

Bugun Hilmand viloyatida britaniyalik bir zobitning jasadi topilgan. Tolibon uni otib o'ldirganini tan olmoqda.

"Toliblar qurolni tashlab, xurujlarni bas qilib, tinchlik yo'lida murosa qilishga majbur",- deydi Kameron.

Britaniya rahbarining aytishicha, uning davlati 2013 yilda Afg'onistonda harbiy akademiya ochadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG