Breaking News

Oq Uyda yangi rasmiylar bilan "afg'on" majlisi


Oq Uy, 5 iyul 2011
Oq Uy, 5 iyul 2011

Yaqinda Afg’onistonga yangi qo’mondon va yangi elchi tayinlagan prezident Barak Obama Oq Uyda bu ikki arbob fikrlarini tingladi.

General Jon Allen, AQShning Afg’onistondagi yangi bosh qo’mondoni, 10 yillik urushning muhim bir pallasida ishga kirishmoqda. Kelasi yil kuzgacha 33 ming zobitni vatanga qaytarish, ular zimmasidagi vazifalarni mahalliy armiyaga topshirish rejalangan.

Leon Panetta, AQShning yangi Mudofaa vaziri
Leon Panetta, AQShning yangi Mudofaa vaziri

Afg’onistondagi yangi elchi Rayan Kroker esa katta tajribaga ega, yaqingacha Iroqda bosh diplomat edi.

Barak Obama bilan yopiq eshiklar ortida o’tgan majlisda yangi Mudofaa vaziri Leon Panetta, Bosh shtab qo’mondoni admiral Mayk Myullen va vitse-prezident Jo Bayden ham qatnashdi.

“Tolibonga qarshi bugungacha qo’lga kiritilgan yutuqlarni mustahkamlash, Afg’oniston hukumatiga yordamni davom ettirish haqida so’z bordi”, - deydi Oq uy matbuot kotibi Jey Karni.

General Jon Allen, Afg'onistondagi xalqaro koalitsiyaning yangi qo'mondoni
General Jon Allen, Afg'onistondagi xalqaro koalitsiyaning yangi qo'mondoni

Obama qaroriga ko’ra, shu yili 10 ming, 2012 yilda esa yana 23 ming amerikalik zobit Afg’onistonni tark etadi.

Tolibon bilan tinchlik haqida muzokara boshlangani uzoq yillik mojaroda katta burilish deb ko’rsatilmoqda.

Amerika qonunchilari orasida “Afg’onistonda shoshib, xato qilayapmiz”, deb tanqid bilan chiqayotgan arboblar ko’p.

Rayan Kroker, AQShning Afg'onistondagi yangi elchisi
Rayan Kroker, AQShning Afg'onistondagi yangi elchisi

Respublikachi senator Lindzi Grexem nazarida bu mamlakat o’zini boshqarishga hali tayyor emas.

“Qaror Tolibonni ruhlantirib yuboradi”, - deydi u.

2001 yildan beri Amerika Afg’onistonda 1542 askarini yo'qotdi.

Afg’oniston janubi, Tolibon qarorgohi sanalmish viloyatlar urushning asosiy fronti edi. Kelasi oylarda asosiy diqqat Pokiston bilan chegaradosh hududlarga qaratiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG