Breaking News

Afg'onistonda Bomiyon viloyati nazorati mahalliy kuchlarga o'tdi


Afg'oniston milliy armiyasi zobitlari
Afg'oniston milliy armiyasi zobitlari

Afg'onistonning Bomiyon viloyatida xavfsizlikka bundan keyin mahalliy kuchlar javob beradi. Bugun NATO kuchlari maxsus marosimda hudud nazoratini afg'on askarlariga topshirgan. Jami birinchi bosqichda yetti viloyat xalqaro koalitsiya nazoratidan chiqariladi. Bomiyon shulardan birinchisi. Viloyat xavfsizligini shu kungacha Yangi Zelandiya qo'shinlari ta'minlab kelgan.

To'liq jarayon 2014-yil oxirigacha yakunlanishi kerak. Shundan so'ng AQSh kuchlari mamlakatni tark etishi rejalangan. Kelasi 14 oy davomida avval 33 ming qo'shin chiqariladi. Germaniya, Fransiya va Britaniya ham yil oxirigacha harbiylarining ma'lum qismini vatanga qaytarishini bildirgan.

Bugun Afg'oniston sharqida kamida 10 jangari yo'q qilingan. Nangarhor viloyati rasmiylarining aytishicha, voqea mahalliy maktabda ro'y bergan. Toliblar binoda yashiringan bo'lgan. Afg'on va NATO kuchlari ularni yerdan va havodan nishonga olgan. Operatsiya paytida maktabda o'quvchilar bo'lmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG