Breaking News

“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”


“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”
“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”

Markaziy osiyolik tahlilchilar nazarida mintaqa AQSh harbiylari Afg’onistondan ketishiga befarq emas.

Afg’oniston sababli Amerika region bilan yaqindan hamkorlik qila boshlagani sir emas.

Harbiylar safi ozayib, afg’on kampaniyasi bobida yordam berayotgan davlatlar yana xavfsizlik haqida o’zlari qayg’urishi kerak bo’ladi.

“Ularda terrorist, ektremist guruhlar bor deb ajratish to’g’ri emas”, - deydi O’sh davlat universiteti professori Arap Anarbayev.

“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”
“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”

“O’zbek, tojik, qirg’izu tojiklar yashaydi Afg’onistonda. Ular bilan taqdirimiz tutash. Bu davlat bilan tig’iz-yaqin bo’lishimiz kerak deb o’ylayman. Yuz o’girib, tashlaganimiz bilan o’zimizga kaltak bo’lib qaytadi. Butun qo’shnilar bilan muomala qilmasdan xavfdan qutulish mumkin emas. Savdo, iqtisodiyot, siyosat, neft-gaz eksporti bo’ladimi – hammasida Afg’onistonni safimizga qo’shishimiz kerak”, - deydi Anarbayev.

Harbiy tahlilchi, polkovnik Leonid Bondarets rasmiy Bishkekning Afg’onistonga doir siyosatidan qoniqmaydi.

“Nimalar qilayotganimiz tushunarsiz. O’zbekiston va Tojikiston Afg’oniston bilan aloqani yaxshilayotganidan xabarimiz bor”, - deydi u.

“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”
“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”

“Qirg’iziston esa nima qilish kerakligi, nima zarur ekani haqida aniq tasavvurga emasday. Yangi hukumat hali buni belgilab olmagan. Rasmiy Bishkek NATOning harbiy operatsiyasiga yordam berish bilan cheklanmoqda. Holbuki, Afg’oniston bilan to’liq bog’lanish, unga energiya yetkazish biz uchun muhim”, - deydi polkovnik.

Qirg’iziston sobiq davlat kotibi Eshanbay Abdurazzaqovning aytishicha, agar Hamid Karzay ma’muriyati zaif va yulg’ich ekaniga qaramay, qabilalar bilan birlashib, turib bera olsa, region uchun xavf ham bo’lmaydi.

“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”
“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”

“Ammo hokimiyatga toliblar kelsa, tashvish ko’payadi va Markaziy Osiyo chora ko’rishga majbur bo’ladi. Qirg’iziston, umuman, butun region Afg’oniston masalasining tinch yo’l bilan hal qilinishini xohlaydi”, - deydi Abdurazzakov.

“Mintaqa davlatlari bir yoqadan bosh chiqarib, hamkorlik masalalarini o’rtaga tashlasa, juda yaxshi bo’lar edi”, - deya umid qiladi sobiq rasmiy.

Arap Anarbayev esa koalitsiya askarlari ketib, bu o’lkada yarashish jarayoniga turtki berishi mumkin deb hisoblaydi.

“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”
“Qirg’iziston hukumati Afg’oniston masalasida aniq strategiyaga ega emas”

“Yaxshi ta’sir qiladi. Har bir mamlakat, har bir el avvalo o’ziga tayanishi kerak. Qachongacha Amerika va NATO afg’on eliga “zontik” bo’lib turadi?” – deya so’raydi professor.

Tahlilchilar region Afg’onistonda qayta-qurish va tiklanish ishlarida faol qatnashishi mumkin ekanini eslatadi.

“Qirg’iziston kuchi, harbiy salohiyati u qadar katta emas. Asosiy e’tibor tinch muzokaralar, qurilish, ta’lim, so’gliqni saqlashga qaratiladi. Bunda yaxshigina hissa qo’shishimiz mumkin. Afg’on talabalari, o’quvchilarini o’qishga qabul qilishimiz mumkin. Albatta, qo’shni O’zbekiston va Qozog’istonning imkoniyatlari ko’proq”, - deydi Abdurazzakov.

XS
SM
MD
LG