Amerikaning Dushanbedagi elchixonasi maxsus bayonot chiqarib, Tojikistonda internetdagi ommabop saytlar, xususan "Facebook" hamda "Ozodlik" radiosining Tojik xizmatiga to'siq qo'yilganini qoraladi.
AQsh Tojikiston hukumatini so'z va fikr erkinligini ta'minlab, axborot oqimiga yo'l ochishga chaqirmoqda.
Bu saytlar jamoatchilik, ayniqsa yoshlarning miyasini zaharlab, tarbiyasini buzmoqda, degan sabab ostida rasman blokirovka qilingan.
Qo'shma Shtatlar fuqaro erkinliklarini har narsadan ustun qo'yadi; inson o'z fikrini erkin bildira olishi kerak, maydondami yoki internetda, bu umumbashariy talab, deyiladi diplomatik bayonotda.