Breaking News

YUNISEF: Tojikistonda mehnat muhojirligining bolalarga ta'siri katta


Mehnat muhojirligining tojikistonlik bolalarga ta'siri haqida YUNISEF hisoboti
Mehnat muhojirligining tojikistonlik bolalarga ta'siri haqida YUNISEF hisoboti

YUNISEF - BMTning Bolalar jamg'armasi hisobotiga ko'ra, tojikistonlik mehnat muhojirlarining farzandlari ota-onasidan ajralib, tarbiyasi va ruhiy salomatligiga putur yetmoqda.

Ma'lumki, yuz minglab tojikistonliklar iqtisodiy imkoniyat izlab, Rossiya va boshqa yurtlarga ravona bo'ladi. Muhojirlar yuborayotgan pul iqtisodiyot va oilalarning moddiy ahvoli uchun ijobiy bo'lgani bilan ota-onadan uzoq vaqtga ajralgan bola ruhiyatida o'zgarish seziladi, deyiladi hisobotda.

Xususan, bunday bolalar tushkunlikka osonlikcha tushib, xarakterida agressiya alomatlari paydo bo'ladi. Maktabda boshqa bolalar tomonidan xo'rlikka ko'proq uchraydi.

YUNISEF Tojikiston hukumatiga bunday bolalarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishni tavsiya qiladi.

(Hisobot bilan to'liq tanishing - inglizcha, ruscha, tojikcha).

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG