Breaking News

Tojikistonda “qor bobo”ni o’ldirganlik gumoni bilan uch kishi qamoqda


Tojikistonda “qor bobo”ni o’ldirganlik gumoni bilan uch kishi qamoqda
Tojikistonda “qor bobo”ni o’ldirganlik gumoni bilan uch kishi qamoqda

Tojikiston Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, dushanba kuni “qor bobo” bo’lib kiyinib olgan 24 yoshli Parviz Davlatbekov Dushanbeda qarindoshlarini ko’rishga borgan.

Uch mast kishi unga hujum qilgan, deydi rasmiylar.

Ayrim manbalarga ko'ra, shu kuni taxminan 30 kishi uni o’rab olib, do’pposlagan va pishoqlagan. Davlatbekov sal o’tmay kasalxonada jon bergan. Ichki ishlar vazirligi buni inkor etadi.

Hibsdagilar Tojikiston Davlat Universiteti talabalari ekani ma'lum. Ayrimlar qotillikni diniy adovat, nafrat bilan bog’laydi.

Fojea mamlakatni dahshatga solgan, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamada.

Peshvolardan biri Saidmukarram Abduqodirzoda dekabrda qilgan chiqishida yangi yil archasi, raqslar va o’yinlar tojik madaniyati va islom qoidalariga zid degan edi.

Shunday bo'lsada, qo'shni davlatlardagi kabi Tojikistonda yangi yil oldidan bayramga tayyorgarlik ko'riladi.

31-dekabr shodiyonaga aylanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG