Breaking News

Tojikiston tajribasi Afg’onistonga yarar balki


Tojikiston 1990 yillar boshida mustaqil bo'lgach, siyosiy kuchlar hokimiyat uchun kurash boshlaydi. Ilk saylovlarda kommunistik partiya vakili g'alaba qilib, muxolifat natijalarni tan olishdan bosh tortadi va tomonlar qo'liga qurol oladi. 1992-1997 yillar
Tojikiston 1990 yillar boshida mustaqil bo'lgach, siyosiy kuchlar hokimiyat uchun kurash boshlaydi. Ilk saylovlarda kommunistik partiya vakili g'alaba qilib, muxolifat natijalarni tan olishdan bosh tortadi va tomonlar qo'liga qurol oladi. 1992-1997 yillar

Markaziy Osiyoda Afg’oniston bilan chegarasi eng uzuni Tojikiston. Mutaxassislar nazarida Amerika askarlari Afg’onistondan ketib, jangarilar bilan muzokara ish bermasa, ahvol butunlay izdan chiqishi va qo’shni davlatlar, jumladan, Tojikistonga ta’sir qilishi mumkin.

Tolibon bilan murosa haqida jiddiy gap-so’z bo’layotgani Tojikiston ziyolilari orasida ijobiy baholanadi.

Jamoatchi faol Sayfiddin Tojiboyev:

“Mana shundan keyingina Afg’onistonda toliblar bilan koalision hukumat tuzishga kirishish mumkin bo’ladi. Bunday harakat bo’lmas ekan, Afg’onistonda o’zaro tinchlikka erishib bo’lmaydi”.

Ziyoli Mirzoqosim Ismoilov fikricha, Afg’oniston masalasini shu xalqning o’zi hal qilishi kerak.

“Ichki janglarga barham berish, tinchlik o’rnatishni Afg’onitonning o’ziga topshirish kerak”, - deydi u.

“Prezident Obama harbiylarni zinama zina Afg’onistondan olib chiqish haqida gapirarkan, nazarimda u bu masalada bir oz kechikdi”, - deb hisoblaydi Ismoilov.

Uningcha, Amerika bu davlatdagi bazalarini saqlab qoladi.

Ziyoli Tolibon bilan muzokara taklifini yoqladi.

“Buni allaqachon boshlash kerak edi. Ular ham shu mamlakat fuqarolari-ku!” – deydi u.

Tadbirkor Ilhom Qo’shoqov afg’onlar Tojikistondan o’rnak olsa bo’ladi deb fikrlaydi.

“Muxolifat bilan murosa qila oldik. Tojikistonda katta lavozimdagilar xalqni o’yladi-ku”! - deydi u.

Siyosatshunos Abdulloh Rahnamoning aytishicha, ikki davlatdagi vaziyat tubdan farq qiladi.

“Tojikistondagi tinchlik bitimini retsept singari Afg’onistonga tadbiq etish haqida gapira olmaymiz”, - deydi u.

Ekspert nazarida ikki omilni hisobga olish kerak.

“Birinchidan, muxolifatga qarashni o’zgartirish kerak. Afg’onistonda hukumat ba’zilarni Tolibon, terrorist yo ekstremist deb kelar ekan, urush olib borar ekan, u erda tinchlik bo’lmaydi”,- deb hisoblaydi Rahnamo.

Ikkinchi muhim jihat shundan iboratki, qudratli davlatlar ham bu ishga o’z hissalarini qo’shsin.

“G’arb, NATO Afg’onistonda tarafkashlik qilib, kimgadir yon bosib, boshqalar bilan urush olib bormoqda. G’arb tinchlik bo’lishini istasa, hamma tomonni eshitishi zarur bo’ladi”, - deydi u

XS
SM
MD
LG