Breaking News

Islomiy Uyg’onish partiyasi qurultoyga yig'ildi


Islomiy Uyg’onish partiyasi qurultoyga yig'ildi
Islomiy Uyg’onish partiyasi qurultoyga yig'ildi

Mustaqillik arafasida va fuqaro urushi yillarida ushbu partiya mamlakat siyosatida muhim rol o’ynagan.

Lekin so’nggi yillarda partiya rahbariyatiga qarshi norozilik kuchayib bormoqda. Mulohazalarga ko’ra, rahbarlikni nazoratga olishga intilayotgan siyosatchilar o’rtasida keskin raqobat bor.

Partiyaning navbatdagi s’yezdida saylangan Safarmahmad Abdullayev Islomiy Uyg'onishning amaldagi raisi Muhiddin Kabiriy tarafdori. Tajribali arboblar orasida uning martabasi ulug, deydi deputat.


Jurnalist Ne’matulla Mirsaidov nazarida radikal qarashdagi dindorlar eski fikrlaridan voz kechmagan. “Ba’zilari hukumatda ish ko’rishni xohlaydi. Lekin dunyoviy davlatga buning keragi yo’q”.

Asli o’zbek adibi Jamshed fikricha ham jamiyat mutaasiblashib bormoqda. Dunyoda islom yagona din bo’lib qoladi, degan gaplar xato, deydi u.

Matbuotda Islomiy Uyg’onish partiyasining O’zbekison Islom Harakatiga aloqador ekani haqida maqolalar yo’q emas. Partiya lideri Muhiddin Kabiriy buni uydirma deb ta’riflaydi.

Ziyolilardan bo’lgan Ulug’bek Abduazimov din ahlining gapi-gap bo’lsishini istamaydi. Ulamolar yaxshisi aholi ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullansin, deydi u.

Ba’zi faollar Kabiriyni hukumatning yugurdagi deb ko’rsa, Safarmahmad Abdullayev buni rad etadi.

“Kabiriy zamonaga qarab ish ko’radigan odam. Ba’zilar uning gaplarini hukumatnikidek qabul qiladi, bizga ma’qul emas, deyishadi. Lekin Kabiriyning har bir ishi ortida bir hikmat bor. Buni tushunmaydiganlar oramizda bo’lsa, bu ularning tor fikrlashidandir”, - deydi u.

XS
SM
MD
LG