Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Afg’onistonda Tolibon ruxsati bilan bolalar orasida poliomiyelitga qarshi so’nggi uch yilda ilk emlash kampaniyasini boshlagan. YUNISEF tashkiloti bilan birgalikda o’tkazilayotgan dastur orqali 3 milliondan ziyod bolani emlash rejalangan.
Tolibon tibbiyot xodimlariga Afg’onistonning ilgari emlash kampaniyasida ishtirok etmagan chekka hududlarida ham ishlashga ruxsat berdi.
Shunga qaramay, deydi Hasibulla Qodiriy ismli vaksinatorlardan biri, muammolar talaygina. Ota-onalarning qarshiligi ulardan biri.
“Falajga qarshi dorilarni o’z vaqtida olmaymiz, ota-onalar farzandlarining emlanishini istamaydi, chunki vaksina bolalarga zarar degan mish-mish tarqalgan”, - deydi u.
Afg’oniston va qo’shni Pokiston dunyoda endemik poliomiyelit mavjud so’nggi mamlakatlardir. O’ta yuqumli hisoblangan va da’vosi yo’q bu kasallik bolalarning falajlanishiga olib keladi.
Poliomiyelit bir necha o’n yil oldin dunyo bo’ylab ommaviy emlash kampaniyasi orqali deyarli yo’q qilingan edi, biroq beqarorlik, ayrim odamlarning o’tish qiyin bo’lgan hududlarda joylashgani, ommaviy ko’chirilishlar va vaksinaga oid mish-mishlar Afg’oniston va Pokistonda emlash dasturini yakunlashga imkon bermayapti.
Afg’oniston sharqida hatto emlash dasturida qatnashgan bir necha tibbiyot xodimlari o’ldirilgan.
Facebook Forum