"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdgi soniga Amerikaga ijodiy safar bilan kelgan xoreograf Olimjon Beknazarovni taklif etdik. Olimjon asli o'zbekistonlik, ayni damda Gollandiyada 25 yildan beri yashab ijod qiladi. Ko'plab Yevropa davlatlarida, Qo'shma Shatatlarda va umuman, dunyo bo’ylab raqs orqali o’zbek san’atini tanitadi, o’rgatadi. Hatto yevropalik xoreograflar Gollandiyaga borib, Olimjondan saboq olishadi.
U “Ko’chmanchi raqqosalar” nomli raqs dastasi badiiy rahbari hamdir. Bu guruhning o’ziga xosligi shundaki, turli millat vakillaridan iborat bu raqqosalar O’zbekistonga borib ham o'z san'atlarini namoyish etgan, xalqimizning hayratiga va olqishiga sazovor bo’lgan.
Olimjon Beknazarov bilan bugungi raqs san'ati va uning O'zbekistondagi ahvoli haqida ham suhbatlashdik.
Suhbatimizni quyida tomosha qiling.