Breaking News

Model bo'lish uchun necha yosh juda yosh?


Model Sofia Machetner 14 yoshda.
Model Sofia Machetner 14 yoshda.

Necha yoshdan model bo’lib ishlay boshlash mumkin? Necha yosh juda yosh hisoblanadi? Yaqinda 14 yashar o’smir Parijdagi "Christian Dior" tomoshasini ochib berdi. Bolalarni bunday ishlatish to’g’rimi yo noto’g’ri - buning ustida bahslar kuchaygan.

Model bo'lish uchun necha yosh juda yosh? Nasiba Tohir lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Katta bo’lib model bo’laman, moda olamida to’kin-sochin, yulduz bo’lib yashayman deganlar qancha.

14 yoshli Sofiya Machetnerning hayoti shunaqa. Maza qilayapti. Yoshi haqidagi gaplarga e’tibor bermaydi:

“Ishimni qilishni bilaman. Menga o’xshaganlar juda ko’p. Yolg’iz emasman, yaqinlarim bor. Hamkasblarim yaxshi muomala qiladi. Nimani so’rasam, muhayyo qilishadi. 14 yoshda ekanim hech muammo emas”.

Uning menejeri ham shu fikrda.

“Kristian Dior"da ish boshlashdan oldin onasiga yordam bergan, farroshlik qilgan. Farroshlik uchun yoshi yetsa, demak, modellik uchun ham tayyor”, - deydi Rotem Gur.

Britaniya modalar kengashidan Karolin Rash e’tiroz bildiradi:

“London modalar haftaligi uchun yollangan modellar 16 yosh va undan katta bo’lishi kerak. Juda muhim talab bu”.

“Ha, talablar shunaqa. Italiyada ham 16 yoshdan kichiklarni olmaymiz. Juda yosh ular”, - deydi Italiya modalar kengashidan Karlo Kapasa.

Modellar bu masalada qanday fikrda?

“Menimcha, 18 yoshdan ish boshlagan ma’qul. O’zim ham shunaqa qilganman”, - deydi Nilam Gil.

“Qattiq mehnat qilasiz, sinovdan o’tasiz. Kayfiyatingiz kunda ming bor o’zgaradi, hafsalangiz pir bo’ladi. 14-16 yoshda bunga chidash qiyin. 18 yosh yomon emas. Men 22 yoshdan boshladim”, - deydi model Devid Gandi.

Lekin “Chanel” modalar uyini boshqarayotgan Karl Lagerfeldning aytishicha, omma yosh modellarni ko’rishni xohlaydi:

“Moda olami zamon kayfiyati bilan yashaydi. Bugun omma yosh qizlarni ko’rishni istaydi, zamonani ifodalaydi ular. Men omma xohish istagiga quloq solaman. Buning hech yomon yeri yo’q, biznesimiz shunaqa”.

Xo’sh, biznesni deb bolalarni ishlatish qancha davom etadi?

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG