Breaking News

AQShda salvadorlik muhojirlar 2019-yilda vaqtincha himoyadan ayriladi


AQSh hukumati Amerikada 16 yildan beri yashab kelayotgan salvadorlik 262 ming odamga berilgan vaqtinchalik himoya dasturini 2019-yil sentabrida bekor qilmoqchi. 2001-yilda Salvadordagi kuchli zilziladan so’ng qabul qilingan ushbu dasturga ko’ra, bu mamlakatning Amerikadagi fuqarolari deportatsiyadan himoyalangan edi.

Dastur bekor bo’lishi bilan hujjati yo’q salvadorliklar AQShdan haydalishi mumkin.

“Shu maqom bilan yashab kelayotgan ota-onam, ko’plab oilalarga endi nima bo’larkin? Ularning taqdiridan xavotirdaman”, - deydi Patrisiya Merlos ismli salvadorlik.

Bu mamlakat tashqi ishlar vaziri AQSh rasmiylari bilan shu mavzuda gaplashishi kutilmoqda. Unga ko’ra, kelasi yil sentabrigacha AQSh Kongressi maxsus qonun qabul qilib, salvadorlik muhojirlarning Amerikada qolishiga imkon berishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG