Breaking News

AQShning ikki shtatida ketma-ket otishmalarda 29 kishi o'ldi


El-Paso, Texas
El-Paso, Texas

AQShning Ogayo shtatida ro'y bergan otishmada to'qqiz kishi halok bo'ldi, 16 odam yaralangan - bu 24 soat ichida yuz bergan ikkinchi shunday fojia.

Ogayoning Deyton shahri markazida ro'y bergan voqeada zirhli jilet kiyib olgan hujumchi politsiya o'qidan o'lgan. U kim ekani hozircha noma'lum.

"Mer sifatida shuni aytishim mumkinki, shahringizda shunday muhdish voqea yuz berishidan qo'rqib yashaysiz", - deydi Deyton meri Nen Veyli.

Uning aytishicha, bu Amerikada joriy yildagi 250-ommaviy otishma.

Deyton, Ogayo
Deyton, Ogayo

Ogayodagi voqeadan bir necha soat oldin Texasning El-Paso shahridagi otishma 20 kishini hayotdan olib ketdi. Supermarketda 21 yoshli Patrik Krusius o't ochgan, u hozir hibsda. Jinoyatga qo'l urishidan oldin Krusius Texasni ispanzabon muhojirlar "bosib olgani" haqida internetda yozgan, deya bildiradi politsiya.

28-iyul kuni Kaliforniyagi festivalda bir odam o't ochib, uch kishini o'ldirgan edi.

AQShda har gal otishma ro'y berganda qurol nazoratiga doir qonunlar va fuqarolarning qurolga egalik qilish huquqini qanday ta'minlash to'g'risida bahslar avj oladi. Oddiy fuqarolar qo'lida 390 million qurol bor, ammo qurol-aslaha savdosini qiyinlashtirish, xaridorlarni yaxshiroq tekshirish takliflariga qarshilik kuchli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG