Tailand hukumati 2-fevralga belgilangan saylovlarni qoldirish taklifini qondirmadi.
Saylov komissiyasi kecha ro’y bergan to’qnashuvlar ketidan jarayonni kechroqqa surishni so’ragan edi. Hukumatning javobi shuki, saylov bekor qilinsa, zo’ravonlik undanda alanga olishi mumkin.
Bosh vazira Yinglak Shinavatra mamlakatda bir oydan beri davom etayotgan namoyishlar va qonli olishuvlarni to’xtatish uchun parlamentni tarqatib, erta saylovlarga ruxsat bergan edi.
Namoyishchilar esa Shinavatraning iste’fosini talab qilayapti. Ularning aytishicha, Yinglak akasi va sobiq bosh vazir Taksin Shinavatraning qo’g’irchog’iga aylanib qolgan.
Tadbirkor va milliarder Taksin 2006-yilgi to’ntarish oqibatida boshqaruvdan chetlatilgan. Korrupsiyada ayblanib, mamlakatdan qochishga majbur bo’lgan edi.
Tailandda kechagi olishuvlar qonli tus oldi. Politsiya odamlarni tarqatish uchun rezina o’q va ko’zni yoshlantiruvchi gazni qo’llagan. Odamlar esa huquq-tartibot xodimlariga tosh yog’dirgan. Bir politsiyachi nobud bo’lib, o’nlab namoyishchilar jarohat olgan.
To’polonlar poytaxt Bangkokdagi sport maydonida boshlangani aytiladi. Stadionda fevraldagi saylov oldidan nomzodlar ro’yxatga olinayotgan payt odamlar yopirilib kirib, politsiya bilan olisha ketgan.