BMTning qochqinlar bo'yicha oliy komissiyasi Tailanddan mamlakatdagi o'nlab uyg'urni o'z holiga qo'yishni, Turkiyaga ketishiga ruxsat berishni talab qilmoqda.
Xitoy hukumati esa Tailandni bu uyg'urlarni Pekinga topshirishga majbur qilib keladi. Oy boshida Tailand bir necha uyg'urni Xitoyga qaytarib tanqid ostida qolgan edi. Ular hozir Shinjondagi qamoqxonada saqlanmoqda.
Tailand rasmiylarining ishontirib aytishicha, Xitoyda bu uyg'urlarning hayotiga tahdid yo'q. Hibsdagilarning ayrimlari terrorizmda gumon qilinmoqda.
Bir yil oldin Tailandda 350 dan ziyod qochoq uyg'ur ushlangan va shundan beri hukumati Xitoy va Turkiya bilan muzokara qilib keladi. 180 nafari, asosan, ayollar va bolalar Turkiyaga ketishga ruxsat olgan. Lekin 50 dan ziyodi hanuz Bangkok qamoqxonasida qolayapti.
BMTning qochqinlar bo'yicha oliy komissiyasidan Vivian Tanning aytishicha, Tailand hukumat uyg'urlarni qo'yib yuborishi kerak.
Tailanddagi bu uyg'urlar o'zini uyg'ur deya tan olmay, turkiyalikmiz, deb ta'kidlaydi. Turkiya diplomatlari ular bilan ko'rishib, mamlakatga kirishga ruxsat bergan. Biroq Xitoy bosimidan qo'rqqan Tailand rozi bo'lmayapti.
Xalqaro tanqidlar natijasida Tailand inson huquqlari komissiyasi favqulodda majlis o'tkazgan. Komissiya bundan e'tiboran uyg'ur qochqinlar masalasiga bosh-qosh bo'lishiga kelishib olingan.