Breaking News

Tailanddagi uyg'ur qochqinlarining taqdiri hanuz noaniq


Tailanddagi uyg'ur qochqinlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00
Janubiy Tailandda qariyb 200 uyg’ur muhojirlar markazida ushlab turilibdi. Ularning siyosiy boshpana istab Turkiyaga otlangan xitoylik qochqinlar ekani aytilmoqda.
Tailanddagi muhojirlar markazida ushlab turilgan uyg’urlarning kelgusi taqdiri yuzasidan davlat rasmiylari hanuz bir qarorga kelmagan.

Birmadan kemalarda qochib chiqqan minglab Rohinja musulmonlaridan farqli o’laroq, uyg’ur qochqinlarining odam tashish bilan shug’ullanuvchi guruhlarga pul to’lab chegarani kesib o’tgani taxmin qilinmoqda.

Huquq faollari bu qochqinlarning Xitoy hukumati zulmidan qochib chiqqan etnik uyg’urlar ekanini aytmoqda.

Ammo guruh ochiq gapirishdan o’zini tiymoqda, deydi ular bilan gaplashgan Tailand Milliy islom uyushmasi rahbari Ismoil Mat-Adam.

“Biz ular bilan gaplashdik. Lekin ko’p ma’lumot ololmadik. Muammo shunda. Tarjimon orqali ular bilan aloqa qildik. Ular Turkiyaga ketmoqchi ekanligini aytmoqda”, - deydi mahalliy islom tashkiloti rahbari Mat-Adam.

Qochqinlar saqlanayotgan markaz ustidan qattiq nazorat o’rnatilgan. 150 ayol va bolalar erkaklardan alohida joyda saqlanmoqda.

Tarjimonlar va yordam tashkilotlari vositachiligida vaziyat o’rganilayotgan bir paytda Turkiya va Xitoy elchixonalari vakillari masalani aniqlashtirish yuzasidan Tailand hukumatiga o’z yordamini taklif qildi.

Turkiyaning Tailanddagi elchixonasi rasmiysi Ahmet Idem Akayning aytishicha, muhojirlarning kimligidan ko’ra, ularning qanday qarov ostida ekanini aniqlash muhimroq.

“Bu insonparvarlikni talab qiluvchi vaziyat. 200 dan ortiq odam bor bu yerda. Ularning yarmidan ko’pi bolalar va 18 yoshga to’lmaganlar. Chaqalorlar ham ko’p. Homilador ayollar bor”, - deydi Turkiya diplomati.

Xitoy elchisi ham muhojirlar markaziga kelib, erkaklar bilan ko’rishgan.
Huquq himoyachilarining aytishicha, agar qochqinlarning uyg’urlar ekani aniqlanib, Xitoyga qaytarilsa, ular qiynoqqa solinishi mumkin. Xitoy elchisi esa tashrifining xayrli niyatda amalga oshirilganini aytadi.

“Ko’plab xalqaro tashkilotlar biz haqimizda tashvishlanishni yaxshi ko’radi. Hech bir davlat bizning ishimizga aralashishini istamaymiz. Ular bu masalani ko’tarib, undan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinadi”, - deydi Xitoyning Tailanddagi elchisi Jan Yimin.

Hozircha uyg’ur qochqinlarining kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Ular qo’shni Birmadan qochib kelgan Rohinja musulmonlari va boshqa siyosiy boshpana istovchilar bilan birga tailandlik mutasaddilarning qanday qaror qabul qilishini kutmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG