Breaking News

Shukronalik kuni AQShda katta bayram

Noyabrning oxirgi payshanbasi AQShda Shukronalik kuni. Yangi vatandagi noz-ne'matlardan shukur qilgan, hosilidan rozi bo'lgan odamlar shunday bayramga asos solgan.

Keyinchalik tub aholiga qarshi qonli urushlar olib borgan yevropalik kelgindilar boshida ular bilan bir dasturxondan non yegan. Hindu qabilalar o'z ovqatlarini tanishtirgan bo'lsa, kelgindilar ham o'z taomlarini tortgan. Kurka Shukronalik kuni asosiy taom hisoblanadi. Chunki bu parranda Amerikada serob bo'lgan.

Shukronalik kuni oilalarni bir davraga to'playdi. Odamlar o'tgan xafagarchiliklarni unutib, bir-biri bilan shirin so'z almashadi. Kechirimli bo'lish targ'ib qilinadi.

Bayramdan keyingi kun esa savdo qiziydi. Kattayu kichik do'konlar chigirmalar taklif qilib, mamlakat bo'ylab milliardlab dollar savdo qilinadi.

Bayram munosabati bilan davlat rahbarlari xalq bilan uchrashadi. Prezident yoki vitse-prezident chet eldagi harbiy bazalarga borib, askarlar bilan bir dasturxonda ovqatlanadi, ularga xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

XS
SM
MD
LG