Breaking News

Tibetning surgundagi hukumatiga tayinlangan yangi rahbar qasamyod keltirdi


Lobsan Sangay (chapda) Tibetning surgundagi hukumati yangi raisi Dalay Lama bilan qasamyod keltirish marosimida ishtirok etyapti. Dxarmsala, Hindiston, 8-avgust, 2011-yil.
Lobsan Sangay (chapda) Tibetning surgundagi hukumati yangi raisi Dalay Lama bilan qasamyod keltirish marosimida ishtirok etyapti. Dxarmsala, Hindiston, 8-avgust, 2011-yil.

Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama o'lkaning surgundagi hukumati siyosiy rahbarligidan ketgach, bugun uning o'rniga tayinlangan Lobsan Sangay Hindistonning Dharamsala shahrida qasamyod keltirgan.

Xitoy Tibetni o'z hududiga qo'shib olgach, siyosiy faollar mustaqillik uchun kurash maqsadida hukumat tuzib, 1959-yilda Hindistondan boshpana olgan edi.

Xitoy Dalay Lamani bo'lginchilikda ayblab kelgan, ammo 76 yoshli Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi Tibet uchun kengroq muxtoriyat istashini aytadi. Uning o'rniga kelgan 42 yoshli Sangay Dalay Lama ishini davom ettirishga so'z bergan.

Dalay Lama siyosiy rahbarlikdan ketgani bilan diniy rahnamoligini saqlab qoladi. Uning aytishicha, diniy rahbar bir vaqtning o'zida siyosiy yetakchi bo'lishi kerak emas.

Lobsan Sangay marosimda so'zlar ekan, Xitoyning Tibetga nisbatan munosabati uning jahondagi roliga putur yetkazmoqda, deydi.

"Ozodlik uchun kurashimizda yo g'alaba qilamiz, yo yengilamiz. Tibet o'zligini saqlab qoladi yoki xaritadan butunlay o'chib ketadi", - deydi u.

Tibetning surgundagi hukumati Xitoydagi tibetliklarni Pekinga qarshi namoyish qilishga chaqirmaymiz, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG