Breaking News

Tillerson va Lavrov AQSh-Rossiya munosabatlari haqida gaplashdi


ASEAN davlatlari tashqi ishlar vazirlari majlisi, Manila, Filippin, 7-avgust, 2017-yil
ASEAN davlatlari tashqi ishlar vazirlari majlisi, Manila, Filippin, 7-avgust, 2017-yil

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Manilada ASEAN majlisida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ikki davlat munosabatlari xususida gaplashdi.

Qo’shma Shtatlar Rossiyani o’tgan yilgi prezident saylovlariga aralashganlikda ayblar ekan, o’tgan hafta uni yangi sanksiyalar bilan jazoladi.

"Biz Rossiyaga bu holatning naqadar jiddiy ekanini, Amerika va Rossiya aloqalariga qanchalik putur yetkazganini, ikki o’rtada ishonchsizlik paydo bo’lganini tushuntirib berdik”, - deydi Tillerson.

AQSh sanksiyalariga javoban Rossiya Amerikaning yuzlab diplomatlari hamda elchixonasi va konsullik xizmatlari xodimlarini haydashga qaror qildi. Tillerson bu qadam javobsiz qolmasligini Lavrovga aytgan.

Sobiq Prezident Barak Obama lavozimidan ketishdan oldin Rossiyaning 35 diplomatini AQShdan haydab, Rossiya elchixonasiga tegishli ikki imoratni olib qo’yishni buyurgan edi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, u vaziyat o’zgarishini oylab kutdi, ammo Tramp ma’muriyati aloqalarni yaxshilash uchun chora ko’rmagach, amerikalik diplomatlarni haydashga va AQSh elchixonasi qaramog’idagi ikki imoratni olib qo’yishga qaror qildi.

AQShda Rossiyaga qarshi bir necha parallel tergov olib borilar ekan, Prezident Tramp ularni saylovda mag’lub bo’lgan demokratlarning undan o’ch olish harakati sifatida izohlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG