Breaking News

Vitse-prezidentlik uchun nomzod Tim Keyn hayotiga nazar


Tim Keyn kim?
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

U ispancha gapiradi, katolik missioneri bo'lgan. Garvard universitetidan huquqshunoslik darajasini olgan. Endi esa rezyumesiga AQSh vitse-prezidenti degan maqomni ham qo'shmoqchi. Gap demokratlar partiyasidan vitse-prezidentlik uchun nomzod Tim Keyn haqida ketmoqda. Keling, uning hayotiga yaqindan nazar tashlasak.

Siyosatda uncha mashhur emas, o'zini hatto "zerikarli odam" deb hisoblaydi.

“Shuning uchun men Hillari Klinton bilan birgaman. Siz-chi?” - deya so'raydi Tim Keyn.

Klinton yonida ekan, ishtiyoqi yanada oshgan. Uning vitse-prezidentlik uchun tanlanishi tabiiy va to'g'ri qaror sifatida baholanmoqda.

Tim Keyn 22 yildan beri siyosatda. Shahar kengashi a'zoligidan Virjiniya gubernatori va senatorlikkacha ko'tarilgan.

Keyn Missuri va Garvard universitetlarini bitirgan, huquqshunos.

Taqvodor katolik sifatida bir yil Gondurasda missionerlik qilgan. Ispanchani o'sha yerda o'rgangan.

Markaziy Amerikadagi qashshoqlikni ko'rib, xalqqa xizmat qilishga bel bog'ladim, deydi u. Turmush o'rto'gi Anna bilan ham o'shanda tanishgan.

"Ko'pchilik uchun hozir qiyin payt, lekin biz chidamli odamlarmiz. Odamlar bilan ishlab shuni o'rgandim. Qiyin paytlar o'tadi, lekin irodali odamlar qoladi", - deydi u.

Keyn 2007-yil gubernatorlik paytida Virjiniya Politexnika universitetida otishma yuz bergan kunni hayotining eng qiyin davri deb ataydi. Fojea ketidan u shtat bo'ylab ruhiy salomatlikka oid islohot boshlagan edi.

2008-yilda Barak Obama uni vitse-prezidentlik uchun tanlashi mumkin degan taxminlar bor edi.

Klinton endilikda uni tanlagani yuzasidan fikrlar turlicha.

"Uning qarashlarini yoqtiraman. Saylov uchun foydasi katta bo'ladi", - deydi tarafdorlaridan biri.

"U kurashni kuchaytiradi", - deydi bir saylovchi.

"Klintonga uncha ishonmayman. Shuning uchun hozir bu partiyadan chiqadigan xabarlarga e'tibor bermayman", - deydi yana bir saylovchi.

Tim Keyn saylov kampaniyasi davrida yanada ko'proq amerikaliklar ko'nglini ovlab, Hillari Klintonning Oq uyni egallashiga ulkan hissa qo'shish umidida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG