25-iyul kuni Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida Demokratlar partiyasi qurultoyi boshlandi. U 28-iyulgacha davom etadi. Anjumanda Hillari Klinton prezidentlik uchun rasman demokratlar nomzodi etib e'lon qilinadi. AQSh va partiya tarixida ilk bor ayol kishi prezidentlik uchun asosiy nomzod bo'lmoqda.