Breaking News

2020-yilgi Yozgi Olimpiadaga Tokio mezbonlik qiladi


Jak Rog, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi raisi g'olib shahar nomini ko'rsatmoqda, Buenos Ayres, 7-sentabr, 2013
Jak Rog, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi raisi g'olib shahar nomini ko'rsatmoqda, Buenos Ayres, 7-sentabr, 2013
2020-yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlari Yaponiyada o'tadi. Tokio buning uchun Turkiyaning Istanbul shahri va Ispaniya poytaxti Madrid bilan bellashdi.

1964-yilda ham Olimpiadaga mezbonlik qilgan Tokioga Istanbuldek yirik biznes va turizm o'chog'ini, Yevrosiyo yuragini yengish oson bo'lmadi.

Go'zal Madrid ham xalqaro o'yinlarni o'tkazish uchun jon-jahdi bilan kurashdi.

Argentina poytaxti Buenos Ayresdan turib qilingan e'lonni dunyo bo'ylab millionlab tomoshabin hayajon ila kutib oldi.

Turkiya va Ispaniya ko'chalarida ko'zi yoshga to'lgan odamlar... Yaponiya ahli esa natijani uzoq kutgani va azaliy orzusiga yetganini bildirmoqda. Ammo oldinda bir necha yillik tayyorgarlik va qattiq mehnat turibdi, deydi rasmiylar.

Turkiyaning qo'shnisi Suriya notinch, Ispaniya esa iqtisodiy inqirozda. Yaponiyada radiatsiya xavfi kuchli. Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi har uch shaharni, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini, qayta-qayta elakdan o'tkazdi, taqqosladi.

E'lonni o'z ko'zi bilan ko'rish uchun Yaponiya, Turkiya va Ispaniya bosh vazirlari Shinzo Abe, Rajab Toyyib Erdog'an va Mariano Rahoy Buenos Airesga uchib borgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG