Breaking News

"Yil o'qituvchisi" mukofoti va o'qituvchilar isyoni


AQShda 1952-yildan buyon har yili bahorda “Yil o’qituvchisi” davlat mukofoti g’oliblari e’lon qilinadi. Mukofotni mamlakat prezidentining shaxsan o’zi topshiradi. Tadbir Oq uyda o’tadi. An’anaga ko’ra bu gal Prezident Tramp 2018-yilgi sovrinlarni egalariga topshirdi.

Amerika ta'lim tizimidan norozi o'qituvchilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Bir paytning o’zida mamlakat bo’ylab o’qituvchilar namoyishga chiqdi. Ular ta’lim tizimidagi muammolar e’tiborsiz qolayotganidan norozi hamda hukumatning davlat maktablari uchun ajratiladigan mablag'ni xususiy ta'lim tizimlariga o'tkazib yuborayotganini tanqid qilmoqda.

Matematika va ingliz tilidan dars berayotgan Mendi Menning “Yil o’qituvchisi” unvoniga sazovor bo’ldi. U Vashington maktablaridan birida ishlaydi.

“Mendi Menning kabi fidoiy muallimlar nafaqat bolalarni, hammamizni ilhomlantiradi, xususan meni ham”, - deydi Donald Tramp.

Taqdimot kunida Amerika bo’ylab o’qituvchilar xalq ta’limi uchun yetarli mablag’ ajratilmayotganidan nolib namoyishga chiqdi. Ungacha, 26-aprel kuni Arizona shtatining minglab maktablaridagi bolalar darsda emas edi. O’qituvchilar maoshining kamligi talablardan biri xolos.

“Maoshni oshirish bilangina muammolar hal bo’lib qolmaydi. Eskirib ketgan o’quv materiallarini yangilash kerak. Bitta sinfda 40 ta bola o’qisa, 800 o’quvchiga bittagina ijtimoiy masalalar bo’yicha xodim ishlasa maktabda. Sichqonlar va suvaraklar bosgan sinflarni. Mana shuncha muammo”, - deydi namoyishga chiqqan o’qituvchilardan biri Sara Jenis.

“Stullar yaroqsiz ahvolda, partalar yedirilib ketgan. Qirralari bolalarni tirnamasin deb skochlab qo’yganman”, - deydi yana bir o’qituvchi Karlos Robinson.

Arizonadagi kabi namoyishlar Kolorado, Kentukku, Oklaxoma va G’arbiy Virjiniya shtatlarida ham bo'lib o’tdi. Xalq ta’limi vaziri Betsi Devos davlat maktab tizimini izdan chiqarmoqchi, degan tanqidlar yangarmoqda. U mustaqil maktablar tarafdori edi. Ular davlat maktablariga qaraganda yaxshiroq natija beradi, deydi u.

“Tanlov imkoniyati bo’lgan maktablarda akademik natijalar yaxshiroq. Masalan, Michigan shtatining Detroyt shahridagi mustaqil maktablar o’quvchilarining davlat imtihonlarida olgan baholari ikki baravar yuqori”,- deydi Betsi Devos.

Xalq ta’limi vazirining aytishicha, Amerika ta’lim tizimi 18-asr oxirlarida, sanoat inqilobi paytida, o'sha davr ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllangan va hozir ham shu qoliblar asosida ishlaydi. Uning tanqidchilariga ko'ra, ota-onalarga bolalarini xususiy maktablarda oqitish uchun ajratiladigan moddiy yordamni davlat maktablarini yaxshilash uchun sarflash kerak.

"Yil o'qituvchisi" davlat mukofoti taqdimoti paytida isyon
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:23 0:00


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG