Breaking News

Tramp sudlarni siyosatga aralashishda aybladi


"Sudlarni noxolis demoqchi emasman. Hali tugal hukm chiqqani yo'q. Lekin sudlar siyosatga aralashmoqda. Ular to'g'ri hukm chiqara olsa, ma'qul bo'lar edi", - deydi prezident.
"Sudlarni noxolis demoqchi emasman. Hali tugal hukm chiqqani yo'q. Lekin sudlar siyosatga aralashmoqda. Ular to'g'ri hukm chiqara olsa, ma'qul bo'lar edi", - deydi prezident.

Amerika rahbari Donald Tramp nazarida uning immigrantlarga doir oxirgi farmoni sudlarda to'xtatilishi ortida siyosat turibdi. Natijada davlat xavfsizligi ziyon ko'rmoqda, deydi u.

Tramp chorshanba kuni Vashingtonda politsiya va sheriflar bilan uchrashuv chog'ida shu haqda gapirdi.

"Sudlarni noxolis demoqchi emasman. Hali tugal hukm chiqqani yo'q. Lekin sudlar siyosatga aralashmoqda. Ular to'g'ri hukm chiqara olsa, ma'qul bo'lar edi", - deydi prezident.

Tramp nazarida yetti davlatdan qochqinlarni va hatto vizasi bor odamlarni Amerikaga kiritmaslik haqidagi farmon to'xtatilishi oqibatida mamlakat ziyon ko'rayapti. Xavfsizlik tahdid ostida. Gap aholisi asosan musulmon mamlakatlar Eron, Sudan, Somali, Liviya, Iroq, Suriya, Yaman haqida ketayapti. San-Fransiskodagi apellyatsiya sudi shu hafta farmon yuzasidan qarorini e'lon qilishi kutilayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG