Breaking News

Federal sud Tramp farmoni ijrosini to'xtatib qo'ydi


Trump Travel Ban Iraqi Interpreter
Trump Travel Ban Iraqi Interpreter

Yetti davlatdan hech kimni Amerikaga kiritmaslik to'g'risidagi farmon ijrosi vaqtinchalik to'xtatib qo'yilgan. Tramp ma'muriyatining uni tiklash to'g'risidagi murojaatini sud rad etdi.

Ikki shtat - Vashington va Minnesota - Prezident Donald Tramp chiqargan farmonni konstitutsiyaga zid deya, sudga murojaat qilgan edi. Qo'lida vizasi bo'lgan odamlar nega Amerikaga kirolmasligi kerak, deya so'raydi ular.

Hukumat advokatlarining da'vo qilishicha, davlat xavfsizligi va mamlakatga kim kirib-chiqishi mumkinligi haqida gap ketganda, sudlar prezident farmonlariga ta'sir eta olmasligi lozim. Tramp uning qarorini noqonuniy deb topgan sudyani tanqid qilmoqda.

Farmonda tilga olingan yetti davlat Iroq, Eron, Suriya, Somali, Sudan, Liviya va Yaman fuqarolarida, shu tariqa, yana AQShga sayohat qilish uchun ruxsat bor.

Farmondagi cheklovlar yuzasidan sudga arz qilgan Vashington shtati Bosh prokurori Bob Ferguson deydiki:

"Biz qonunlar mamlakatimiz. Qonun oldida hamma teng, jumladan Qo'shma Shtatlar prezidenti ham".

AQSh Davlat departamenti ma'lumotiga ko'ra, Prezident Trampning qarori kuchi kirgan 27-yanvardan buyon 60 mingta viza bekor qilingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG