Breaking News

AQSh aeroportlarida ushlanganlar hozircha deportatsiya qilinmaydi


AQSh Prezidenti Donald Tramp yetti musulmon davlatdan 90 kun davomida hech kimni qabul qilmaslik to'g'risida farmon bergach, mamlakat aeroportlarida yuzlab odam ushlangan. Qochqinlar, grin karta egalari, talabalar va ishchilar Amerikaga kirayotganida to'xtatilgan.

AQSh federal sudi ularni vaqtinchalik deportatsiya qilmaslikni buyurdi. Minglab odam aeroportlarda namoyishga chiqqan. Uch oyga vizadan mahrum etilgan yetti davlat: Iroq, Suriya, Eron, Sudan, Liviya, Somali va Yaman.

Oq uydan Boris Epshteynning ta'kidlashicha, sud farmonning tatbiq etlilishini to'xtata olmaydi.

"Lekin agar birov grin kartasi bilan yetti davlatdan biriga sayohat qilayotgan bo'lsa, ular Amerikaga qaytib kelishi mumkin. Qattiq tekshiruvdan o'tadi", - deydi u.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi bayonotiga ko'ra, aeroportlarda ushlanganlar hozircha deportatsiya qilinmaydi. Ammo mamlakat xavfsizligi uchun tahdid deb ko'rilgan har qanday shaxsning vizasi bekor qilinishi mumkin, deya eslatmoqda rasmiylar.

Prezident Tramp tanqidlarga beparvo. Chegara nazoratini kuchaytirib, mamlakatga kimlar kirayotganidan ogoh turish kerak, deydi u.

Yangi choralar, xususan, Nyu-York, Vashington va San-Fransiskodagi yirik aeroportlarda namoyishlarga sabab bo'ldi. Amerika fuqaro huquqlari uyushmasi advokatlari qonuniy hujjat bilan uchib kelganlar, arizasi ma'qullangan qochqinlar va grin karta bilan xorijdan qaytganlarga huquqiy yordam ko'rsatmoqda.

Trampning Oq uydagi o'ng qo'li Reyns Pribus deydiki:

"Sarosimaga hojat yo'q. AQShga har kuni 350 ming uchib keladi. 28-yanvar kuni shulardan 190 nafari alohida so'roq qilindi va aksariyati qo'yib yuborildi".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG