Breaking News

Tramp: Devor uchun Meksika to'laydi


Amerika-Meksika chegarasi
Amerika-Meksika chegarasi

Prezident Donald Tramp saylov kampaniyasi davrida bergan va'dalarini bajarishga kirishdi. Oq uydagi birinchi haftasida u bir necha farmonga, xususan, Meksika bilan chegarada devor qurishga doir hujjatga imzo chekdi.

Meksika ahli va Amerikada ko'plar bu tashabbusga qarshi. Biroq boshqalar nazarida devor Qo'shma Shtatlar xavfsizligini mustahkamlaydi.

Prezident Tramp payshanba kuni Filadelfiyada respublikachilar anjumanida so'zlar ekan, shaharda namoyishlar tinmadi.

"Avval ham aytganimdek, Amerika devor uchun to'lamaydi. Meksika hukumatiga buni uqtirganman", - dedi Tramp.

Meksika rahbari Enrike Penya Niyeto esa uning davlati devorning xarajatini ko'tarmasligini ta'kidlamoqda.

Trampning matbuot kotibi Shon Spayser so'zlariga ko'ra, loyihani chet davlat mahsulotiga boj to'lovini joriy etish bilan moliyalasa bo'ladi.

"Meksika bilan savdo kamomadi juda yuqori. Bu davlatdan kelayotgan import mahsulotiga soliqni oshirish orqali mo'may mablag' olish mumkin", - deydi Spayser.

AQSh va Meksika prezidentlari o'rtasida kelasi hafta rejalangan uchrashuv, bu orada, bekor qilindi. Respublikachi qonunchilar esa devor qurilishini yoqlamoqda.

Demokratlar mutlaqo qarshi.

Texasdan Robert Orurk nazarida bu devor Germaniyadagi Berlin devorini eslatadi. Yohud AQShda Ikkinchi jahon urushi yillarida yapon muhojirlarini maxsus lagerlarga haydash bilan barobar, deydi u.

Chegara oldida yashaydigan fuqarolar fikri har xil.

Ayrim suhbatdoshlar nazarida farmon yanglish qaror.

Ammo texaslik bir fermer hududda muhojirlar sodir etgan jinoyatlarni misol qiladi. Farmondan boshi osmonda uning.

Ayrim tahlilchilar fikricha, Tramp amerikaliklarning xohishini bajarmoqda.

"Ba'zida noqonuniy muhojirlar qotillik sodir etadi. San-Fransiskoda shuni ko'rdik. Amerikalik ayolni meksikalik immigrant otib o'ldirgan", - deydi u.

Tanqidchilar nazarida bunday misollar kam va devor jinoyatchilarni to'xtata olmaydi.

Xalqaro hayot - 27-yanvar, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:20 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG