Breaking News

Tramp va Bayden uyg’urlarga nisbatan zulmni tanqid qilmoqda


Istanbulda uyg'urlar namoyishi
Istanbulda uyg'urlar namoyishi

Prezident Donald Tramp va prezidentlikka nomzod Jo Bayden Xitoy hukumatining uyg’urlarga nisbatan siyosatini yangidan tanqid qilmoqda.

“Xitoydagi avtoritar hukumatning uyg’ur va boshqa etnik ozchilik guruhlarga nisbatan dahshatli zulmi genotsiddir. Jo Bayden buni qat’iyan qoralaydi”, - deyiladi uning kampaniyasi chiqargan bayonotda.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi so’zlovchisi Jon Olyet deydiki:

“Xitoy xotin-qizlarga qarshi dahshatli ishlarni amalga oshirgan, jumladan, majburiy abort, majburiy sterilizatsiya va tug’ishni nazorat qilish usullari, davlat tomonidan tashkillashtirilgan majburiy mehnat, jinsiy zo’ravonlik, jumladan qamoqda, xan rasmiylar tomonidan uyda qolish buyruqlari va majburiy nikoh”.

Oq uy vakiliga ko’ra, Xitoy Kommunistik partiyasining vahshiyliklari, shuningdek, Ikkinchi jahon urushidan beri eng ko’p ozchilikdagi guruh vakillarini qamashni ham o’z ichiga oladi.

Bayden kampaniyasi quyidagi savolni o’rtaga tashlamoqda: Agar Tramp ma’muriyati Xitoy siyosatini genotsid deb atashga qaror qilsa, keyin qanday konkret chora ko’radi?

“Prezident Trampning qarorlari har bir inson – tug’ilgan va hali tug’ilmagan, kambag’al, nogiron, zaif va keksa bo’lishidan qat’i nazar – qadr-qimmatga ega ekanini allaqachon namoyish etgan”, - deydi Olyet.

Ismini oshkor etmagan yana bir rasmiyning eslatishicha, o’tgan bir yilda AQSh Shinjondagi inson huquqlari bilan bog’liq ahvol tufayli Xitoy mulozimlariga qator sanksiyalar joriy etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG