Breaking News

Tramp Rossiya bilan 30 yillik tarixga ega


AQShning yangi rahbari Kremldagi hozirgi xo'jayin bilan yaqindan tanish emas. Bu haqiqat. Lekin multimilliarder Donald Tramp Moskvadagi siyosiy doiralar bilan SSSR davridan tanish.

1986
Ko'chmas mulk sohasida biznesini kengaytirishga urinayotgan Donald Tramp Sovet Ittifoqining AQShdagi elchisi Yuriy Dubinin bilan Nyu-Yorkda tanishib muloqot qiladi.

1987
Tramp Vashingtonda Sovet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachev bilan uchrashadi.

1987
Tramp o'sha paytdagi rafiqasi Ivana bilan SSSRga safar qiladi. Maqsadi "Intourist" birlashmasi bilan qo'shma kompaniya boshlash bo'lgan. Turizm sohasiga sarmoya kiritishga harakat qilgan.

1996
Tramp Moskvaga borib, AQSh tamaki kompaniyasi joylashgan inshootlarni ko'zdan kechiradi va shaharda yangi zamonaviy binolar barpo etishni taklif qiladi.

Vashington, 1987
Vashington, 1987

1996
Tramp o'z biznesi uchun patentlar olish harakatini boshlaydi. 1996-2008 yillar orasida kamida sakkiz yorliq uchun hujjat topshiriladi.

1997
Tramp Rossiyaning iste'fodagi generali va prezidentlikni ko'zlayotgan Aleksandr Lebed bilan uchashadi. Uni Nyu-Yorkdagi uyida mehmon qiladi.

1997
Tramp Rossiyaning o'sha paytdagi rahbari Boris Yeltsin va uning Amerikadagi tarafdorlari bilan do'stlashadi. Ularni qimmatbaho sovg'alar bilan siylaydi.

1999
Tramp bu davrga kelib Kremldan norozi ekanini yashirmaydi. Intervyularda Rossiyani tartibsiz, Yeltsinni esa jar yoqasidagi rahbari deya ta'riflaydi.

2005
Tramp Moskvada "Tramp minorasi" qurish harakatini kuchaytiradi, hamkorlar ham topadi, joy ham topiladi, biroq loyiha amalga oshmaydi. Milliarder bunda Rossiyadagi "bo'lmag'ur tuzum"ni ayblaydi.

2006
Trampning farzandlari, qizi Ivanka va o'g'li Donald, Moskvaga sayohat qiladi.

Trampning tilla bilan qoplangan vodkalari
Trampning tilla bilan qoplangan vodkalari

2007
Tramp o'zining yangi vodka ichimligi "Trump Super Premium Vodka 24K"ni targ'ib qilish uchun Moskvaga boradi. Butilkalar 24 karat oltin bilan qoplangan edi.

2008
Tramp "Affliction Entertainment" sport kompaniyasi bilan Rossiyada tele-shoular qilishga kelishadi. Lekin bu loyiha ham amalga oshmaydi.

2013
Tramp "Miss Universe" (Borliq go'zali) tanlovini boshqaruvchi kompaniya egasi sifatida Moskvaga boradi. Sayohatdan ko'ngli to'lgan Tramp Rossiya poytaxtida uning binolari albatta qad ko'tarishiga umid qiladi.

2016
14-noyabr kuni Prezident Vladimir Putin Oq uyga saylangan Donald Trampga telefon qilib, uni g'alaba bilan muborakbod etadi.

"Borlik go'zali" tanlovi, Moskva, 2013
"Borlik go'zali" tanlovi, Moskva, 2013

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG