Breaking News

Tramp: Tez orada Yaqin Sharq tinchlik rejasini e'lon qilamiz


Prezident Donald Tramp (o'ngda) Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan
Prezident Donald Tramp (o'ngda) Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan

Prezident Donald Tramp Yaqin Sharq borasidagi tinchlik rejasini to’rt oy ichida taqdim etishini bildirdi. Prezidentning mazkur bayonoti 26-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyalari doirasida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashuvida e’lon qilindi. Tinchlik rejasi Isroil va Falastinning ikki mustaqil davlat maqomiga erishishini yechim sifatida taklif etadi.

Shuningdek, Prezident Tramp, ikki tomon roziligi bo’lsa, yagona davlat maqomini qoldirish niyati ham yo’q emas. Isroil Bosh vaziri Falastinda xavfsizlik nazoratini davom ettirishini ma’lum qilgan.

Donald Tramp may oyida Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olingani arab dunyosida keskin norozilik uyg’otgan bo’lsa-da, o’zaro sulh tuzishga turtki bo’lganini ta’kidladi.

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiyning aytishicha, Tramp tinchlik rejasida 1967-yilgi chegaralar tiklanishi va Sharqiy Quddusga bo’lajak Falastin davlati poytaxti maqomi berilishi aniq ta'kidlab o'tilishi kerak.

Randolf Meykon kolleji professori Maykl Fishbax “Amerika Ovozi” bilan muloqotida Tramp 2009-yildan buyon “Falastin davlati” degan atamani tilga olmaganini aytib, Netanyaxu bilan uchrashuvda u tilga olgan ikki davlat bayonoti hayratlanarli hodisa, deydi.

Maykl Fishbaxning bildirishicha, Tramp ma’muriyatining Yaqin Sharq tinchlik rejasi tatbiq etilishining ikki yilga kechikishiga qator xalqaro va mahalliy muammolar sabab. Shuningdek, mintaqada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan Misr, Iordaniya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar bilan kelishuvga erishilmaganini ham hisobga olish lozim. O’z navbatida, Vashingtondagi Falastin Ozodlik tashkilotini yopish va falastinlik qochqinlarga yordam beruvchi idorani moliyalashtirmaslik harakatlari ham mavjud muammolarni chigallashtirib yuborgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG